So’nggi yangiliklar

00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  1 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  1 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  1 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  5 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  11 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  4 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1

Matonatli Sinisha Mixaylovich leykemiyadan keyin koronavirusni engdi Yangiliklar

Matonatli Sinisha Mixaylovich leykemiyadan keyin koronavirusni engdi

"Bolonya" murabbiyi bir yil ichida leykemiya va koronavirusni enggani haqida.

2019 yil 13 iyul kuni Sinisha Mixaylovich matbuot anjumani o'tkazdi. Bunga qadar Italiya ommaviy axborot vositalarida Mixaylovich kasal ekani haqida xabarlar tarqagandi, ammo hech biriga aniqlik kiritilmagan edi. Mixaylovich jurnalistlar bilan bo'lgan uchrashuvda unga qo'yilgan tashhisni aytdi — leykemiya (oq qon saratoni).

Birinchi reakciya — ko'z yoshlar. Mixaylovich aytishicha, bir necha kun tinmay yig'labdi. Keyin esa yaqinlariga bu kasallikni engishga vada berib, o'zini qo'lga olibdi. Matbuot anjumanida Mixaylovichning yonida o'tirgan "Bolonya" shifokori shunday dedi: "Unda kasallikning hech qanday belgilari yo'q edi". Ammo takidladi: "Leykemiyaga qarshi kurashda ancha vaqt, metin iroda va kuchli sabr kerak".

Sinisha Mixaylovichning og'ir damlari shunday boshlangandi.


Mixaylovich kasallikni enggani haqida ilk bor noyabrda aytgandi. U davolanish vaqtida ham klub bilan ishladi

Boshidan Mixaylovichni hamma qo'llab-quvvatladi ("Bolonya" o'yinchilari, raqib klublarning o'yinchi va murabbiylari va h.k) — bu unga to'g'ri yo'lni topishida yordam berdi. Iyuldagi press-konferenciyadan so'ng u yana bitta intervyu berdi va dedi: "Hozir og'ir damni boshdan o'tkazyapman, lekin omadim bor ekan. Sababi, yolg'izmasligimni angladim. Meni qo'llab-quvvatlaganlar ancha. Bu esa menga kuch bag'ishladi va o'zimda jasorat topa olishimga katta ko'mak berdi".

Iyul oxirida u ximioterapiya qilish uchun birinchi kurs davolanish bosqichini boshlashi kerak edi. Biroq u kasalxonada ham ishlashdan to'xtamadi — murabbiylik shtabi bilan muntazam ravishda aloqada bo'lib turdi. Video-aloqa orqali yordamchilari bilan gaplashdi, shuningdek, rahbariyat bilan ham video-konferenciya qildi. 2019 yil avgust oyi oxirlarida (kasalxonadan chiqishidan oldin), "Bolonya"ning "Verona"ga qarshi o'yiniga bordi va o'rindiqdan jamoani boshqarib turdi.


Keyingi uch oy ichida ikkita ximioterapiyani boshdan o'tkazdi. Uchinchisidan keyin Mixaylovich leykemiya bilan kurashayotganini malum qildi:

  • U deyarli kasalxonada yashadi.
  • Davolanish vaqtida 30 kg ozdi, keyin esa 9 kg semirdi.
  • O'sha vaqtda dori ichardi. Kuniga o'rtacha — 19ta (!)
  • Uchinchi ximioterapiyadan so'ng Mixaylovich uyiga ketishiga ruxsat berildi. Ovqatlanish tartibidagi cheklovlarni ham bekor qilishdi. Ko'chaga ham chiqishi mumkin edi. Biroq faol harakat bo'yicha bir qancha taqiqlar o'z kuchida qoldi.



Mixaylovich noyabrda shunday degandi: "Bundan buyon biz Mixaylovichning leykemiya bilan kurashi haqida emas, "Bolonya" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Sinisha haqida gapiramiz. SHundan so'ng uni faqat bir marta (yanvarda) kasalxonaga olib borishdi — lekin rejali tekshiruv maqsadida. Tahlil natijalariga ko'ra, Mixaylovichning sog'lig'i joyida ekan.

Sinisha kasallik uni ichki hissiyotlarini o'zgartirgani haqida gapirib bergandi: ko'p yig'laydigan, bazi noxush narsalarni ham oson qabul qiladigan va atrofdagi voqealarga muhabbat bilan qaraydigan bo'libdi.

"Agar g'olib chiqsangiz, hattoki, eng qo'rqinchli kasallik ham insonni yaxshi tomonga o'zgartirishi mumkin ekan. Kasallik mening yashash tarzim, fikrlashim va xatti-harakatlarimni ham o'zgartirdi. Ko'p yig'layapman. Hattoki, Sinisha yig'loqi bo'lib qolibdi degan gaplarni ham eshitdim. Lekin buni eshitish menga yoqdi. CHunki avval hissiyotlarimni yashirardim. Endi unday emas. Men xotirjam va sabrli insonga aylandim".



Mixaylovich koronavirusni ham engdi — Covid-19'ni leykemiya bilan taqqosladi

Avgustda, "Bolonya" tatildan qaytganidan keyin, klub Mixaylovichni koronavirus yuqtirib olganligini elon qildi. Sinishada kasallikning hech qanday alomatlari kuzatilmadi — test topshirdi, natija musbat chiqdi va darhol karantinga olindi.

"Koronavirusdan umuman qo'rqmadim. Faqatgina eng yomoni men yana jamoadan uzoqlashayotgandim. Lekin o'zimni yaxshi his qilayotgan edim. Uyda o'tirib, filmlar tomosha qildim. Qanchaligini so'ramang, chunki ikki hafta ichida chamasi 50ta kino ko'rdim, shekilli. O'shanda oilam va jamoamni juda ham sog'indim".

Mixaylovichga ikki hafta o'tib javob berishdi va u darhol "Bolonya" bilan mashg'ulotlarga kirishdi. Parallel ravishda o'zi ham shug'ullanardi: har kuni velosipedda 10 km masofani bosib o'tardi, mashg'ulot zalida shug'ullanardi.

Mixaylovichning aytishicha leykemiya uni ruhan kuchliroq qildi, undan keyin murabbiy koronavirusdan qo'rqmay qo'ygan va shunchaki qachon normal hayotga qaytishi mumkin bo'lishini kutgan. "Leykemiyadan keyin koronavirus osongina ichib qo'ysa bo'ladigan bir stakan suvga o'xshaydi. Men qo'rqmasdim, lekin virus hech qaerga ketish niyati yo'g'idi. Vaqt o'tsa ham muammo muammoligicha qolardi".



Sog'lig'i bilan muammolar Mixaylovichning ishiga qanday tasir qildi?


Qisqacha:

  • Muxlislar Mixaylovichni tinmay qo'llab turishdi: u yotgan shifoxona derazasi tagiga kelib, qo'shiq kuylashdi va stadionda uning sharafiga olqishlar yangrardi.
  • Mixaylovich shifoxonadan chiqqach, dekabr oyi boshida Bolonya mamuriyati unga shaharning "sharafli fuqarosi" nomini berdi. Vaholanki u jamoa bilan endigina ikki yil ishlardi.
  • Bungacha u Serbiyada yil murabbiyi deb tan olingandi.
  • "Bolonya" o'tgan mavsum 12 pog'onani band etdi – bu so'nggi besh yildagi ikkinchi eng yaxshi natija. "Bolonya" prezidenti Joi Saputo shunday dedi: "Bu qiyin yil edi va biz jamoamiz bilan faxrlanamiz. Balki hammasi ideal emasdir, lekin Sinishaga qoyil. U o'ziga yuklatilgan vazifalarni uddalay oldi. Biz mamnuniyat bilan hamkorlikni davom ettiramiz".



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика