So’nggi yangiliklar

10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  1 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  0 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  2 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  22 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  3 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1

MATNLI TRANSLYACIYA. "Lokomotiv" "Qizilqum"ni kichik hisobda engdi Yangiliklar

MATNLI TRANSLYACIYA. "Lokomotiv" "Qizilqum"ni kichik hisobda engdi

"Lokomotiv" va "Qizilqum" o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

                                 MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH

"Lokomotiv" - "Qizilqum" 1:0

Hakamlar:R.Ermatov (Tashkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), B.Yo'lchoraev (Guliston)
Nazoratchi:SH.Jumaev (Qarshi).
PFL vakili: N. Lutfulin.

Gol: Hasanov (katta) 1 (Aliboev pas). 

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Ruslan Koryan (Marat Bikmaev 60), Temurxo'ja Abduholiqov (Damir Koyashevich 69), Timur Kapadze (Dilshod Rahmatullaev 79), Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar SHoahmedov, Ibrohim Rahimov, Ikrom Aliboev, Nemenya Yanichich, Jasur Hasanov (katta).

Zaxira: Sardor Qobuljonov, , , Jasur Hasanov (kichik), Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, .

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Farruh Haydarov, Akmal Rustamov, Bahriddin Vahobov, Alisher Sanaev, Mirjalol Qurbonov (G'ayrat Jumaev 38), SHerali Jo'raev, Asqar Muxiddinov, Sarvar Holmatov, Georgi Kvsiyashivili, Aziz Usmonov

Zaxira: Artyom Makosin, Fayzullo Qambarov, Ruslan Sanaev, , Alisher Halikov, Bobur Mamirov, Bobur Ikandarov.



Bahs yakunlandi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqitga 3 daqiqa qo'shib berildi.


86. Marata Bikmaev birga-bir vaziyatda davrozani ishg'ol qila olmadi.


83. Damir Koyashevich o'ng qanotda darvozaga zarba berdi, Jabborov to'pni egallab oldi.


82. Qoida buzish bo'iycha "Lokomotiv" oldinda.


78. Marat Bikmaev ham yaqin masofadan to'pni darvozaga kirita olmadi.


74. Marat Bikmaev uzoq masofadan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, Erkin Jabborov o'z joyida.


69. O'zgarish. Abduholiqov o'rniga Koyashevich.


60. O'zgarish. Koryan o'rniga Bikmaev.


60. Ibrohim Rahimov raqib futbolchisini yiqitdi va "Qizilqum"da gol urish uchun qulay imkoniyat.


49. Koryanning omadi kelmayapti. 3 metrdan darvozani ishg'ol qilmaslikning iloji yo'q-ku.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


42. Koryan keyingi vaziyatda to'pni oyga qarata zarba berdi. Menimcha tegdi, chunki to'p darvozaga kirmadi.


41. Jasur Hasanov yana ajoyib to'p oshirishini amalga oshirdi, ammo Koryan bu oshirmani golga aylantira olmadi.


38. O'zgarish. Mirjalol Qurbonov o'rniga G'ayrat Jumaev.


29. Erkin Jabborov o'z jamoasini goldan qutqarib qoldi. Burchak zarbasi.


28. "Qizilqum"ga hujumni yakunlaydigan futbolchi etishmayapti. Bahriddin Vahobov katta sahnaga chiqishi kerak.


25. Navoiyliklarda burchak zarbasi. Burchak zarbasi boshqa qanotga ko'chdi. Mehmonlarning standartlari besamar yakunlandi.


22. Jasur Hasanov etkazib bergan to'pni, Temurxo'ja Abduholiqov to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi va qulay imkoniyat qo'ldan ketdi.


18. Sanjar SHoahmedov uzoq masofadan darvozaga zarba berdi, Erkin Jabborov ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.


16. To'pga egalik qilishda "Lokomotiv" katta ustunlikka ega.


12. "Qizilqum futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar Aqsar Muxiddinovni maydon tashqarisiga olib chiqishdi.


8. SHerali Jo'raev "Loko" jarima maydoniga kirishga harakat qildi, so'nggi to'pga tegishda u xatoga yo'l qo'ydi va to'pni raqiblarga topshirdi.


6. Jasur Hasanov yana chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, ammo himoyachilar yaxshi harakat qilishdi. Burchak zarbasi esa befoyda yakunlandi.


4. Jasur Hasanov chap qanotda offsaydda turgan Koryanga to'pni etkazib berdi, Ruslan urgan gol hisoblangani yo'q.


GOOOOLLL!!!!! "Qizilqum" futbolchilari maydon markazida to'pni oldirib qo'ydi, ko'pchilik bo'lib qarshi hujumga o'tgan "Lokomotiv" Jasur Hasanov tufayli gol urdi. Pas muallifi Ikrom Aliboev.

1. Uchrashuv boshlandi.


- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun oliy liganing 12-tur doirasida "Lokomotiv"  "Qizilqum"ni qabul qiladi. Ushbu bahs TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика