Mateu Laos: "Messi Jahon chempionatida o'zini juda yomon tutdi. Bu sharmandalik edi"
04 okt 2023 20:10
Yangiliklar
Mateu Laos: "Messi Jahon chempionatida o'zini juda yomon tutdi. Bu sharmandalik edi"
Jahon chempionatida ishlagan hakam Mateu Laos Lionel Messining Jahon chempionatidagi harakatlarini tanqid ostiga oldi. Eslatib o'tamiz, Laos Argentina va Niderlandiya o'rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvida hakamlik qilgandi. O'sha uchrashuv esa keskin to'qnashuvlar va janjallar bilan yodda qolgandi.
"O'yindan keyin Messi menga qo'ng'iroq qildi va o'yin davomida menga aytgan qo'pol so'zlari uchun uzr so'radi. O'sha uchrashuvda men mutlaqo boshqa Messini ko'rgandim. Messi Jahon chempionatida o'zini juda yomon tutdi. Bu sharmandalik edi.
Yillar davomida u o'ynagan 50 dan ortiq uchrashuvni boshqarganman. U qo'lini qulog'iga qo'yib golni nishonlaganidan so'ng niderlandiyaliklar jonlanib ketishdi. Bu provokaciya edi", -deydi Mateu Laos.
Fikrlar