So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  188 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Mate Vatsadze: "AGMKni tark etishimning sababi yo'q. "Nasaf"ga qoyil qoldim. Uchinchi o'rin barchani qoniqtirdi" Yangiliklar

Mate Vatsadze: "AGMKni tark etishimning sababi yo'q. "Nasaf"ga qoyil qoldim. Uchinchi o'rin barchani qoniqtirdi"

AGMK qishki transferlar oynasi vaqtida gruziyalik futbolchi Mate Vatsadze bilan do'stona ravishda xayrlashishga qaror qildi.

Debyut mavsumidayoq jamoa bilan Superligada bronza medallariga ega chiqdi, o'z gollari bilan olmaliqliklarning g'alabalariga munosib hissa qo'shdi. CHempionatda Vatsadze 21ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urgan hujumchi qishda jamoasini o'zgartirish arafasida turibdi. Avvalroq saytimizda uning "Qizilqum" bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar chiqqan edi. Biz esa futbolchining bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Mate, 2020 yilgi mavsum legioner sifatida sizda qanday taassurot qoldirdi? 

- O'tgan mavsum barchamiz uchun og'ir kechdi. O'ylaymanki, xudo xohlasa tez orada pandemiya butkul ortga chekinadi. Yil boshida oldimizga sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritish vazifa qilib qo'yilgandi. Futbolchilar, murabbiylar shtabi birgalikda vazifani ajoyib tarzda bajardik deya olaman. "Nasaf"ga esa qoyil qolmasdan iloj yo'q, ular ikkinchi davrada bizga qaraganda muhim bo'lgan ochkolarn jamg'arishdi. SHuning uchun uchinchi o'rinni yomon natija hisoblamayman. Klub rahbarlari ham qoniqish hosil qilishdi. Jamoa bilan ajoyib mavsum o'tkazganimdan xursandman.

- AGMKda sizga manzur kelgan va kelmagan besh jihatni ayta olasizmi?

- Albatta, birinchi galda jamoaga kelgan ilk kunimdayoq muxlislar va futbolchilar iliq qarshi olishdi. Jamoadoshlarim moslashishimda katta yordam berishdi, uchinchisi biz mavsumni sovrindorlar qatorida tugatdik. To'rtinchi jihat klubdagi barcha proffessional ekanligi va o'z ishiga astoydil yondashishi, beshinchi ijobiy tomoni esa muxlislarning qo'llab-quvvatlashidir. Hatto qiyin kunlarimizda ham bizga dalda bo'lib turishganini unutmayman. 

- O'zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldinglar, undan avval esa chempionat doirasida ham shunday natija qayd etilgandi. Birinchi davrada esa aksincha raqib maydonida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlangandi. "Paxtakor" haqiqatdan ham O'zbekistonning eng kuchli jamoasimi?

- Ha, "Paxtakor" ayni paytda O'zbekistonda barchadan kuchli. Bejiz ular ketma-ket ikkinchi yil kubok va chempionatda g'olib chiqishmadi. Deyarli hamma o'yinda g'alaba qozonishdi.  

- SHunday ekan nima sababdan jamoani tark etishga qaror qildingiz?

- Hech qanday sababi yo'q. SHunday bo'lib qoldi.

- Joriy yilgi mavsumni "Qizilqum"da boshlashingiz qay darajada haqiqatga yaqin?

- Balki bo'lishi mumkin. Lekin hali hech kim bilan shartnoma imzolamadim. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика