Mate Valbuena bu yil boshqa maydonga tushmaydi
16 dek 2015 09:40
Yangiliklar


Mate Valbuena bu yil boshqa maydonga tushmaydi
L`Equipe nashri xabariga ko'ra, "Lion" yarim himoyachisi Mate Valbuena bu yil boshqa maydonga tushmaydi.
31 yoshli futbolchining sonidagi jarohati tuzalmayapti. U bu jarohatni 5 dekabr kuni "Anje"ga qarshi o'yinda (0:2) olgandi.
Valbuena Franciya kubogi 1/8 finali doirasidagi "Tura" (16 dekabr) va Franciya chempionati 19-turidan o'rin olgan "Gazelek"ka qarshi o'yinni (20 dekabr) o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar