So’nggi yangiliklar

15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  7 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20

MatchDay: "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi haqida jurnalistlar qanday fikrda? Yangiliklar

MatchDay: "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi haqida jurnalistlar qanday fikrda?

"Championat.asia" sayti jurnalistlari Oliy liganing 22-turi markaziy uchrashuvi "Lokomotiv" - "Paxtakor" o'yinida qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda?

Tolibjon Qosimov "Paxtakor"ga ishonmoqda

Tolibjon Qosimov
: "Marat Bikmaevning o'ynamasligi "Lokomotiv"ning hujumdagi variantlarini keskin kamaytiradi. "Paxtakor"da esa tarkib borasida muammo yo'q. Bu uchrashuvda SHota Arveladze shogirdlarining kichik ustunlik g'alaba qozonishlarini taxmin qilaman".


Jasur Aslanov "Loko"ning yutug'iga shubha qilmayapti

Jasur Aslanov: "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvida mezbonlarning imkoniyati katta. "SHerlar"da rahbariyat va murabbiy o'zgarganiga qaramasdan hozircha ularda jiddiy o'zgarish kuzatilgani yo'q. "Lokomotiv" uyida o'tkazgan 10ta o'yinning 9tasida g'alabaga erishgan va bir marotaba durang o'ynagan. "Paxtakor" esa mehmonda o'tkazgan 10ta uchrashuvning bor-yo'g'i 2tasida g'alabaga erishgan. Taxminim - 1:0".


Aziz To'xtamurodov durang bo'lishini taxmin qildi

Aziz To'xtamurodov: "Temiryo'lchilar" ushbu bahsda g'alaba qozonib, turnir jadvalidagi farqni yanada oshirib olishga astoydil harakat qiladilar. Bordiyu, ular ushbu o'yinda mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsalar ham ko'p narsa o'zgarmaydi.
"Paxtakor"ning g'alabasi esa "sherlar"ning kumush medal uchun imkoniyatlarini yaxshilaydi. Mag'lubiyat esa jamoaga mavsum so'nggida qimmatga tushishi mumkin. SHuning uchun ham ular ushbu o'yinda tavakkal qilmasalar kerak. Fikrimcha, bahsda durang natija qayd etiladi".


Narzulla Saydullaev TTZda muxlislar gol ko'rmasliklarini aytmoqda

Narzulla Saydullaev: "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvida durang qayd etiladi. Ikkala jamoa ham ehtiyotkor o'ynashlarini kutayapman. SHu bois 0:0 hisobi qayd etilsa kerak.


SHahboz Beg'amov Ceytlinni ehtiyot bo'lishga chorlamoqda

SHahboz Beg'amov: "Lokomotiv" uchun final o'yini. "Temiryo'lchilar" bugun yutishsa chempionlik bo'yicha ortiqcha savollarga imkon qoldirishmaydi. Qarshidagi mag'lubiyatdan keyin jamoaning jahli chiqqani aniq. "Paxtakor" esa Arveladze kelganidan keyin raqibni o'z jarima maydonchasi oldida qarshi olishni, yani yuqori pressingni yaxshi o'zlashtirdi. Hozircha eng katta o'zgarish shu bo'ldi. "Loko" bilan o'yin Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor" uchun ilk jiddiy sinov bo'ladi. Menimcha, bu o'yinda sensaciya qayd etilmaydi. "Loko" ishonchli g'alabani qo'lga kiritsa kerak.
Uchrashuv bosh hakami Ceytlin agarda vaziyat taqozo etsa penalti borasida juda ehtiyot bo'lishi kerak. Rustam Bobomurodovning birgina xatosi uning hakamlik faoliyatiga nuqta qo'ydi. Ceytlinga esa bu qo'shimcha bosim yuklashi mumkin. CHunki birgina penalti borasidagi xato tufayli futboldan butunlay chetlatilish mumkinligini ko'rdik. SHu boisdan ham Ceytlin markaziy bahsda o'yinni haqqoniy va xatolarsiz boshqarishga majbur".


Omonjon To'xtamirzaev "Loko"ning kichik ustunligini takidlamoqda

Omonjon To'xtamirzaev: "Uchrashuvda mezbonlarning imkoniyatlari biroz yuqoridek. Har ikki jamoa himoyani unutmagan holda, gol urish, g'alaba qozonish uchun maydonga tushishi turgan gap. Derbilarda boshqacha bo'lishi mumkin ham emas. Bunday o'yinlarda jamoalarning bugungi kunda egallab turgan o'rni va futbolchilarning jismoniy, ruhiy holatidan qatiy nazar maydonda murosasiz kurash bo'ladi.
Ammo, menimcha, "Loko" kichik ustunlik bilan zafar quchadi va o'z maydonida o'ynayotgani ham sabablardan biri bo'lishi hech gap emas"!



Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Paxtakor" o'yini soat 18:00da TTZdagi "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.

"Temiryo'lchilar" safida bugun uchta yo'qotish mavjud. Diskvalifikaciya tufayli Marat Bikmaev maydonga tusha olmasa, SHuhrat Muhammadiev va Sadriddin Abdullaev jarohatlari bois bellashuvni o'tkazib yuborishadi. "Paxtakor"da esa yo'qotishlar yo'q.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика