"Match TV" grafika operatori ishsiz qoldi. Nega?
23 noy 2024 17:42
Yangiliklar
"Match TV" grafika operatori ishsiz qoldi. Nega?
Bahs efiri paytida "Zenit" o'rniga "Spartak" logotipi qo'yilgan, tur taqvimi namoyish etilganda esa "qizil-oqlar" logosi 4 marta, "Dinamo"niki esa 5 marta ishlatilgan.
“Hurmatli tomoshabinlar! Bugun RPL 16-turining ochilish o'yini oldidan pudratchi tashkilot – translyaciyani loyihalash bo'yicha hamkorning grafik stanciyasida dasturiy nosozlik yuz berdi. SHu sababli, bazi klub emblemalari efirda noto'g'ri ko'rsatilgan.
Nosozlik sababi malumotlar bazasidan bir vaqtning o'zida bir nechta arxiv fayllarini ochish edi. Mazkur epizod natijasida grafik operatori pudratchi tomonidan efirdagi ishdan chetlashtirildi va mutaxassislarimiz keyingi ko'rsatuvlarda tizimning barqaror ishlashini taminlash uchun zarur say-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Bo'lib o'tgan vaziyat uchun sizdan uzr so'rayman”, — deb yozdi Match TV bosh prodyuseri Aleksandr Tashchin o'zining telegram-kanalida.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar