So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  18 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  15 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  5 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  30 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  65 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

"Match TV" Eldor SHomurodov bilan katta intervyu uyushtirdi Yangiliklar

"Match TV" Eldor SHomurodov bilan katta intervyu uyushtirdi

Rossiyaning asosiy sport telekanali "Match TV" RPLning asosiy kashfiyotlaridan biri - "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov bilan intervyu uyushtirdi.

- SHomurodov Jarqo'rg'onda tug'ilgan

- Yozda 24 yoshga to'ldi

- Joriy mavsum u 4ta o'yinda 3ta gol urdi


"Rostov"ning yangi etakchilari, Karpindan to'g'ri ovqatlanish

- "Rostov" yozda yanada hujumkor jamoaga aylandi. Karpin uslub o'zgarganini qanday elon qildi?

- Futbolchilarga ko'proq hujum qilishimizni va pressing uyushtirishimizni aytdi. Bu mashg'ulotlardan ham ko'rinib turgan edi. Avvaliga Evropa jamoalari qanday harakat qilishini o'rgandik, birinchi turdan so'ng o'z o'yinlarimizni tomosha qilib, xatolardan xulosa chiqardik.

- Karpinning murabbiylar shtabida ispaniyaliklar ko'p. "Rostov"dagi mashg'ulotlar avval o'ynagan jamoalaringiznikidan farq qiladimi?

"SHomurodovni "Ufa" klubidan kelgan deb o'ylardim". "Rostov" reabilitologi futbolchilar va murabbiy haqida gapirib berdi

- Ha, katta farq qiladi. Bu erda har qanday mayda detallarga professionallarcha yondashishadi. Har bir futbolchining maxsus individual mashg'uloti bor. Meniki qanday? Kamroq jarohat olish uchun ko'proq egiluvchanlikka ishlayapman.

- Aleksandr Zuevning aytishicha, futbolchilar Karpin qo'l ostida tanadagi yog' miqdoriga katta etibor berishayotgan ekan. Salatlar tanovul qilishni boshlagan Zuev yaxshi formaga kirib oldi. "Rostov"da o'tkazgan vaqtingiz davomida jismoniy holatingizda o'zgarish bo'ldimi?

- Tanadagi yog' miqdori bo'yicha muammo bo'lmagan. Ammo baribir mashg'ulot va "pitaniya" bilan vazn tashlashga to'g'ri keldi. Yig'inlar oldidan Karpin to'g'ri ovqatlanish qanday bo'lishini tushuntirdi - ko'proq tovuq go'shti, baliq mahsulotlari, salat va mevalar. Ammo likopchamizga nima solganimizni tekshirishayotgani yo'q. SHunchaki tushuntirishdi.

- "Rostov"ni ikki etakchi - Gackan va Kalachev tark etdi. Endi bu rolni kim bajarmoqda?

- Ragnar Sigurdsson va Roman Eremenko. Ajoyib futbolchilar.

- Mavsum startidagi o'z o'yiningizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Yanada yaxshiroq bo'lishini xohlayman, ammo ha, yomon boshlamadim. SHu ruxda davom etishim kerak. Harakat qilaman.

- O'tkir paslar bo'yicha Eremenkodan keyin ikkinchi ekansiz (o'rtacha 2,6ta pas. Avvalgi mavsumda 1,3ta). Bu katta o'sish. Nima o'zgardi?

- Bu yil o'zimga bo'lgan ishonch ko'proq. O'zbekistonda ko'pincha pas berardim, bu ish menga yoqadi. Ammo Rossiyada paslar uchun vaqt kerak bo'ldi.

- Eremenko ikki yil futbol o'ynamadi, hozir esa ligadagi eng yaxshilardan biri. Bunga qanday erishyapti?

- U ter to'kib mehnat qiladi, ishga professionallarcha yondashadi. Mashg'ulotlardan so'ng qoladimi? Mashg'ulotlarda etarlicha yuklamalar berishadi. SHu sababli o'z xohishingiz bilan qola olmaysiz, faqat murabbiy nazoratida ishlaysiz. Agar qo'shimcha shug'ullanishni xohlasangiz, murabbiylar sizga programma tuzib berishadi.

- "Rostov" joriy mavsum evrokuboklar uchun kurashga qodirmi?

- Ha, albatta. Kurashamiz. Ayni damda tarkibimiz kuchli.


Birinchi butsa, Mourinyu bilan tanishish

- Tug'ilgan joyingiz haqida gapirib bersangiz.

- Jarqo'rg'onda tug'ilganman. Bu kichik shaharcha. Bolaligim o'sha erda o'tgan, ota-onam haligacha Jarqo'rg'onda istiqomat qilishadi. Otam ham futbolchi bo'lgan, aytishlaricha yaxshi o'ynagan, ammo jarohat olgan. Keyin do'kon ochib, biznesga o'tib ketgan.

7 yoshdan ko'chada futbol o'ynashni boshlaganman. Maydonimiz tekis bo'lmasada chimi bor edi. 12 yoshimda "Mashal" akademiyasiga kirdim. U O'zbekistondagi eng yaxshisi bo'lgan. Biz rus, ingliz tillarini o'rganib, kompyuterda shug'ullanar edik. Biroq yomon o'qir edim. Albatta afsusdaman. Bizga shunday deyishardi: "Hozir o'qin, keyin afsuslanasiz".

Boshida qiyin bo'lgan, chunki akademiya uyimdan uzoqda edi (300 km.). Telefonim bo'lmagan, do'stlarimdan olib haftada bir uydagilar bilan gaplashib turardim. Ota-onam ham qiyin bo'lishini, sabr qilishim kerakligini aytishgan. Keyin ko'nikib ketdim.

Hozir mamlakatimizda ko'plab akademiyalar mavjud. "Mashal"ning ishlari yaxshi emas. Balki pul tugab qolgandir. Avvallari oliy ligada o'ynardi, hozir birinchi ligada.

- Qachon birinchi butsangizni olgansiz? 

- Akademiyaga kirganimdan yarim yil o'tib. Bizda butsasi bor bola bo'lardi, undan so'rab turganman. Bungacha keda va krossovkalarda o'ynaganman, akademiyadagilar ruxsat berishardi. Moskvaning "Lokomotiv"ga ko'rikka yuborishganini eslayman, u erda 10 nafar bolani sinab ko'rishgan, adashmasam CSKA bilan o'ynaganmiz. Taxminan 14 yoshda edim. Maktab menga butsa bergan, keyin ota-onam xarid qilib bergandi.

- Bolaligingizda "Bunyodkor"da o'ynagan Rivaldoni maydonga olib chiqqan ekansiz. Bu qanday sodir bo'lgan?

- Amakim (Ilhom SHomurodov) "Mashal"da o'ynardi, u bilan chiqishni reja qilgandim, bizni esa "Bunyodkor" tomonga o'tkazishdi. Rivaldo bilan maydonga tushishni istaganman, ammo hamma navbati bilan turardi, sizga kim to'g'ri kelsa, o'sha bilan tushasiz. Omadim kelgan. Juda hayajonlanganman, axir u yulduz edida. Keyin "endi bir hafta qo'lni yuvish mumkin emas" deb hazillashishgan.

- Agentingiz - German Tkachenko ekan. U Rossiya futbolida mashhur. U bilan qaerda tanishgansiz?

- Terma jamoani boshqargan Samvel Babayan meni unga taklif qilgan. German o'yinga keldi, keyin ko'rishib, gaplashib oldik.

- Tkachenko sizni Mourinyu bilan tanishtirdi. Murabbiy suhbatda o'zini qanday tutgan?

- German Mourinyu bilan uchrashuv bo'lishini aytmagan. Syurpriz borligini aytgan. Kutilmaganda Mourinyu kirib keldi. Avvaliga ishonmadim, keyin salomlashib, biroz suhbatlashdik. U Osiyo chempionatini sharhlagandi. Tkanchenko unga men o'sha chempionatda o'ynab, gol urganimni aytdi. Mourinyu buni bilar ekan.

- Ko'plab futbolchilar hayoliga "yuqori saviyada o'ynab keta olmayman" degan gap o'rnashib qoladi. Sizda ham bo'lganmi?

- Bunday fikrlarni miyamdan chiqarib tashlashga, bu haqida o'ylamaslikka harakat qilaman. Ammo "Rostov"ga o'tib, assoiy tarkibga tusha olmaganimda havotirlanganman. O'ynab ketishimga ko'pchilik ishonmagan. Kimlardir bir yildan so'ng qaytishimni aytishgan.

- Qanday qilib bunga dosh berdingiz?

- Otam, ikki amakim futbol o'ynashgan, doimo meni qo'llab-quvvatlashadi. Ularning ishonchini oqlamoqchiman.

- Agentingizning aytishicha, siz boshqa RPL klublari taklifini ko'rib chiqishni emas, balki Evropaga yo'l olishni istayotgan ekansiz. Qaysi chempionat ko'proq yoqadi?

- Ota-onam Evropada o'ynashimni orzu qilishadi. Men ham shuni xohlayman. Top-5ga kiruvchi chempionatlardan birida to'p tepishni niyat qilganman. Qaysi biri ekanligi muhim emas. Ammo "Rostov" bilan 4 yillik shartnomam bor, ketish haqida o'ylamayapman.

- Futboldan tashqari sevimli mashg'ulotingiz?

- Rus bilyardini yaxshi ko'raman. "Rostov" ko'pchilik o'ynaydi.

- Kim bilan bilyard o'ynash qiyinroq?

- Mixail Osinov bilan, u murabbiyimiz.

- Dam olish kuni nima qilishni yaxshi ko'rasiz?

- Ko'proq uyda bo'lishni maqul ko'raman. Dam olaman.

- So'nggi paytlarda sizda yaxshi taassurot qoldirgan kitob?

- O'zbek kitoblarini o'qiyman, oxirgi o'qigan kitobim juda yoqdi. Ruschaga tarjima qilsak, "Mej dvux dverey" bo'ladi. U 1941-45 yillardagi urush, odamlar qanday hayot kechirgani haqida.

- Barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kim?

- Menga Torres va Drogba yoqardi. Yana so'yloqtish Ronaldo ham.

- YouTube tarmog'ida nimalarni tomosha qilasiz?

- Turli qiziq videolar - biror narsa haqida faktlar.

- Orzuingiz?

- O'z terma jamoam bilan jahon chempionatida ishtirok etish.

Reyting: +193   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика