So’nggi yangiliklar

18:43"Ўзи у бизга керакми?"  0 18:22Футзал. Ўзбекистон кубоги баҳслари "Футбол" ТВда жонли эфирда намойиш этилади  1 17:55"Рома"га Анчелотти келишини истардим, лекин..."   3 17:21Алиссон: "ПСЖга қарши ўйин, балки фаолиятимдаги энг яхшисидир"  3 16:40ЎФА: Янги ташкил этилаётган Ўзбекистон U-23 терма жамоасига ким бош мураббий бўлиши кейинроқ эълон қилинади  19 16:21"Навбаҳор" янги мавсум олдидан таништирув маросимини ташкил этди  3 15:51Суперлига-2025. 1-тур расмийлари эълон қилинди  5 15:34Паулу Фонсека 9 ойга футболдан четлатилди  4 15:17Матбуот анжумани. Фарҳод Нишонов: "Ишдан кетишдан қўрқмайман, омадсизлик туфайли ютқаздик, терма жамоага коррупция аралашгани йўқ"  15 14:58Луис Энрике "Ливерпул"га имкониятни бой берганидан кейин: "Шу ўйинни такрорласак, кейинги босқичга чиқамиз"  14 14:37"Сўғдиёна" стадиони янги мавсумга шай!  4 14:15Расман: "Ал Ҳилол" асосий ўйинчинларидан бири бир ойга сафдан чиқди ва "Пахтакор"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  11 13:55Болаларга футбол керак, лекин... (ПФЛ қарорига муносабат)  6 13:33Рафинья — 2024 йил бошидан буён ЕЧЛнинг энг самарали ўйинчиси  2 13:10Қизиқ факт. "Пахтакор" 18 йилдан буён ўз майдонида "Ал Ҳилол"га ютқазмаяпти  12

Matbuot anjumani. Farhod Nishonov: "Ishdan ketishdan qo'rqmayman, omadsizlik tufayli yutqazdik, terma jamoaga korrupciya aralashgani yo'q" Yangiliklar

Matbuot anjumani. Farhod Nishonov: "Ishdan ketishdan qo'rqmayman, omadsizlik tufayli yutqazdik, terma jamoaga korrupciya aralashgani yo'q"

Xabaringiz bor, O'zbekiston U-20 terma jamoasi yaqinda Xitoyda tashkil etilgan U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytdi.

Musobaqada vakillarimiz chorak finalgacha etib bordi va mundial yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda Koreya Respublikasiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Bugun O'FA majlislar zalida terma jamoa bosh murabbiyi Farhod Nishonov, yordamchilar Pavel Zaxarov, Ruslan Matniyozov, Ayder Kurbaev, Rauf Inileev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda OAV o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

"Har bir terma jamoa muxlislarniki, davlatniki. Shu bois musobaqadan keyin terma jamoa aslida qanday yo'lni bosib o'tgani, qanday qiyinchiliklar ko'rgani, aslida nimalar bo'lganini tushuntirishga qaror qildik. Aayrim qo'shtirnoq ichidagi insonlar, har xil gap so'zlar bilan ishimizni bo'rttirib, shubhali gaplar bilan ovoza qilishmoqda. Biz shu paytgacha hech qanday shubhali ish qilmaganmiz. Maqsadimizni bilardik. Har qiladigan ishimizda vatan uchun xizmat qilganmiz. Har bir bir o'yinga jiddiy qaraganmiz. Murabbiylar shtabi o'ziga berilgan vazifani imkoniyat darajasida bajardi. Murabbiyning ishi shundayki, qachon va qaerda ishlashingizni, haydalishingizni bilmaysiz. Natijaga murabbiy javob beradi, bundan tushkunlikka tushmaymiz. Lekin futbolchilarni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Fikrimcha, bizga omad etishmadi. Penaltilar seriyasida manaman degan futbolchilar ham gol ura olmagan. Kimdir buni ruhiy holat bilan bog'laydi. Kimdir bosimni ko'tara olmasligini aytadi. Bu omadga bog'liq. Gol ura olmagan futbolchilar o'z ustida ishlagan, yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Penaltilar bo'yicha shug'ullanib kelgan. Bizda shubha qoldirishmagan",- deydi Farhod Nishonov.

- Terma jamoamiz bu musobaqagacha ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushdi. Lekin raqiblar aynan kerakli pallada yig'in o'tkazgan, saralashlarda qatnashgan. Biz esa natija keladigan jarayonda charchab qoldik. Futbolchi klubida emas terma jamoada vaqtini o'tkazmoqda. Yangi mavsum start olyapti, lekin endi terma jamoadagi futbolchilar yarim yil zaxirada o'tirishga majbur, chunki klubida u tayyorgarlik qilmadi. Futbolchi terma jamoaga klubidan tayyor bo'lib kelishi kerak...

- Janubiy Koreyaga tushishimiz mumkinligini quradan keyin bilgandik. Biz 20 ta o'yin o'tkazganmiz. Lekin raqiblarni o'rganishimiz jarayonida ular ham shuncha uchrashuvda maydonga tushganini ko'rdik. Norasmiy o'yinlar o'tkazgan paytlari ham bo'lgan. Bitta vaqtning o'zida Koreya Respublikasi 2 ta joyda o'ynamoqda. Ularda 2-3 ta tarkib bor degani. Klublar 15 yanvardan yig'inga kirishmoqda. Fevral oyida Osiyo chempionati bor. Siz nima qilgan bo'lardingiz? Klub bolasini martdagi chempionatga tayyorlaydi. Unda boshqacha rejalar bo'ladi. Yuklamalar ko'p beriladi. Shuning hisobiga biz yig'inni erta boshlaganmiz. Etibor bergan bo'lsangiz yig'inlarni 10 kundan qildik.

- Chempionat 30 noyabr sanasida tugadi. "Paxtakor" uchun 3 dekabr. Futbolchilar dam olgani yo'q...

- Biz 10 dekabr kuni futbolchilarni yig'moqdamiz. Ungacha ular dam olyapti, hammasi reja bo'yicha ketayotgandi. Agarda penaltilar seriyasida yutganimizda savolingiz boshqacha bo'lardi.

- Koreya Respublikasiga ekstra-taymlarda jismoniy holatimiz tufayli qarshilik ko'rsata olmadikmi?

- Jismoniy holatimizni qisqa vaqt ichida yaxshi darajaga keltira oldik. O'tgan safargi anjumanda futbolchilarning jismoniy holati Saudiya Arabistoni bilan o'yinda qizil chiziqqa tushib qolganini aytishgandi. Birinchidan qizil chiziq jismoniy holati yomon degani emas. Har xil toifalari bor. Bu statistikani tarqatgan futbolchilarimiz iqtidorli lekin jamoadan chetlatilgan. Muammo futbolchilarning jarohati bilan bo'ldi. Mazkur vaziyat bizni juda qiynadi. Muhammadali O'rinboev, Abdug'afur Haydarov, G'iyos Rizaqulov, Ravshan Xayrullaev, Nurlan Ibraimov, Ro'zimboy Fayzullaev, darvozabonimiz Samandar Muratbaev aynan o'sha o'yinlardan oldin jarohat olishgan. Kimlardir klubidagi eski jarohati bilan kelgan. Shu bois optimal tarkib va o'yin ko'rsata olganimiz yo'q. 

Muhammadali O'rinboevning jarohatida saralashdan so'ng jarrohlik amaliyoti o'tkazish mumkinmidi yoki futbolchini Osiyo chempionati uchun ushlab turildimi?

- Bu yoshda rentgen qog'ozlari turlicha ko'rsatishi mumkin. Uning chuqur tekshiruv natijasini Qatardagi eng kuchli klinikada ko'rsatganimizda jarrohlik amaliyoti kerak emasligini, lekin vaqtga individual ishlashga aytishdi. Biz individual ishladik. Shifokor alohida ishladi, orada Turkiyada davolanib keldi. Oxirgi o'yinlarga kelib umumiy guruhga qo'shildi.

- Yuqorida aytganingizdek OAVdagi aynan qaysi narsa ranjitdi?

- Men ishonch bilan aytamanki, hech qanday korrupciya aralashtirmadik. Tepadan bosim bo'lmadi. Rahbariyat bizni qo'llab-quvvatladi. Bu yoshda kimdir erta, yana kimdir kech o'zini ko'rsatadi. Masalan Nurlan Ibraimov, Ro'zimboy Fayzullaev, G'iyos Rizaqulov, Samandar Muratbaevlar jarohat sabab o'zini ko'rsata olmadi. "Nasaf"da Sardor Bahromov, Dilshod Murtazoev, Bahodir Halilov endi o'zini ko'rsatib kelmoqda. Bu yigitlar kelajakda milliy terma jamoaning o'zagi bo'la oladi. Lekin hali ularda o'yin amaliyoti kam. Terma jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan kimlardir norozi bo'lgan. Agar u terma jamoada o'ynamasa qaerga qarab o'sadi? Superliga bilan Pro liga, Yoshlar ligasi o'rtasida farq katta. Siz yoshlar ligasida o'ynayotgan futbolchi bilan Yaponiya bilan o'ynab kelishingiz noreal narsa. Futbochini o'ynatmasligida Superliga klublari aybdor emas. Hali bular yosh. Murabbiylarning ham o'z vazifasi bor. Sizni Franciya chaqirsa bormaysizmi? FIFA kunida Argentina taklif qilsa o'ynamaysizmi? Bu vatan uchun sharaf. O'zbekistonni o'ziga raqib deb bilyapti. Franciya, Urugvay, Argentinaga boryapmiz.  Koreya Respublikasi biz bilan o'ynadi. Ular ham tayyorgarlik ko'rdi. O'sha kuni Osiyo chempionatiga etib kelmayapti. Xalqaro o'yinlar futbolchilarga katta tajriba bermoqda. Terma jamoa FIFA kunida yig'ilmasa, xalqaro o'yinlarda qatnashmasa. Bu O'zbekistonning bolalari. Qaysidir gap-so'zlarga ishonib ularning yo'lini to'smaslik kerak. Ularni faqat terma jamoa shakllantirib bera oladi. Klublarida ham vaqti kelib o'ynaydi. O'tgan yili 4-5 nafar futbolchi jamoasida asosiy tarkibda o'ynagan. Hozir har bir klubda 2005-2006 yil futbolchi bor. Bu degani joriy mavsumda yana o'ynashadi. Ammo ularga vaqt kerak. Ungacha terma jamoa klubga tayyorlab beradi. Biz klublarning murabbiylariga rahmat aytamiz. Franciya, Argentinaga Abdug'afur Haydarov, Asilbek Jumaev, Amirbek Saidovlarsiz borganmiz. Sababi murabbiy bu o'yinchilarni asosiy tarkibga tayyorlashini aytdi. Men xursand bo'lib qoldiraman. Superliga, Pro liga darajasidagi futbolchilar katta o'yinlarda bilinadi. Tajribasi hisobiga boshqacha bo'ladi. Behruz Jumatov terma jamoa bo'lmasa bir yil hech qaerda o'ynamadi. Terma jamoada  o'smoqda. Uni tashlab qo'ysangiz yana bir iqtidorni yo'qotasiz. Maqsad milliy terma jamoa. Klubida o'ynasin deyilmoqda, lekin ular yoshlar ligasida o'ynaydigan vaqtdan o'tdi. Endi ular boshqa darajaga chiqishi kerak. Asosiy tarkib bilan mashg'ulot qilish va maydonga chiqib o'ynash umuman farqi bor.

Lazizbek Mirzaev va Amirbek Saidov raqobatda yutqazdimi yoki jarohat sabab o'zini ko'rsata olmadimi?

- Klub bilan gaplashganimizda "Leganes" chempionatga yuboramiz dedi. Lekin biz kutgan formada emasdi.

- Bu terma jamoa 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorgarlik olib boradi. Terma jamoani o'zingiz boshqarishda davom etasizmi?

- Oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik, Jahon chempionatiga chiqolmadik. Demak taqdirimiz rahbariyatga bog'liq, ishdan bo'shatishsa qabul qilaman. Terma jamoa katta ehtimol bilan boshqa murabbiyga berilsa kerak. Men ishdan ketishdan qo'rqmayman. Futbolchilarimga hech qanday etirozim yo'q.

Reyting: -5   

Fikrlar

+2   
06 mar 16:32:58
Abdusalom Mirzayev
Э Фарход жудаям зўр гапирасанде, лекин терма жамоа савиясида эмас экансанда. Нега асосий таркиб Мобиуз таркибидан бўлди, пенальтида бунча ноаниқ зарба бўлишига сабаб ёмон тайёргарлик.
+2   
06 mar 16:24:35
TV TV
Хамма гапга бахона топади барибир. Хеч качон айб манда, ман чичиб куйдим демайди.
+2   
06 mar 16:09:35
ishqivoz
Lazizbek Mirzayev va Amirbek Saitovni zahiraga ushlab nimaga erishdi. Chet el skautlari bekorga olib ketmagandur bu bollardi. Murabbiy eng katta xatosi shu ikkisini zahirada ushlagani boʻldi. Xuddi Abbos va Abduqodir olimpiya termasidan chaqiruv ololmagan bn bir hil degani
+2   
06 mar 15:44:09
From Earth
Амирбек Саидов ва Лазизбек Мирзаев формада бўлмаса термада ушлаб турмай жамоасига қайтариб юбориш кераемасмиди? 20 та учрашув ўтқазибсан, пенальти тепишни ўргатишмадингми?
+1   
06 mar 17:22:26
✨Ғайрат Муҳаммад????
Қилаётган ишидан кетишдан қўркмайдиган одам нима қилиб юрибди тренер булиб. Буни ким қўйган ўзи. Обрусини йўқотишдан қўркадиган лафзи ҳалол инсонлардан қуймайдими бунақа жойга. Мен кетишдан қўрқмаймааан эмиш. Пазор
+1   
06 mar 16:09:27
Баходиржон 1912
Фаминми эфамилияси ўша футболчи эмас ундан футболчи чиқмайди яна бор фамилиясини эсдан чиқардим улар нега термада юрипти дарвозабон ҳам нол ҳимоя умуман нол тренир вапше нол .
   
06 mar 18:31:26
Vatanparvar
Корея биздан кучли эди ва ютукка лойик уйин курсатди. Шунчаки омад туфайли пенальти тепишиб колдик десачи ундан кура. Уйинни курганмикан узи.
   
06 mar 18:12:08
Ilhom Shodmonov
Пенальти тепишни урганинглар олдин кейин омаддан гапирасанлар
   
06 mar 17:44:53
Barsa.com
Буни иккинчи терма жамоаларга якинлаштирмаслик керак. Бир тийинлак фойдаси йугу куп гапираркан
   
06 mar 17:01:50
Begali Saidov
Trenerda ayb yuq 2-ligada trener bulsa nasib bulsa 25 yildan keyin zur trener chiqadi endi hozir adashib quyvoribdida .
   
06 mar 16:53:00
Shahboz4
Корея билан ўйининг 2 таймида билинди ЗАМЕНАДА кимлар қолиб кетгани
   
06 mar 16:08:10
Аброр Ибрагимов
Футболчиларимиз ёмон харакат килишмади. Тугри пенальтилар сериясида маглуб булдик лекин уйин даражасида Кореядан колишмадмк. Пенальтилар сериясини машк килиб булмайди чунки машгулотда бошка атмосфера уйинда мутлоко бошка атмосфера булади. Рухиятни туширманглар ишлашни давом этиринглар. Олга Узбекистон!!!
   
06 mar 16:05:05
Farhod__bek1990
Uzur lekin shuncha yaratilib berilgan imkoniyatdan foydalanish kerak edi. Natijaga erisholmadik. Terma jamoa murabbiylarni tanlashda ham tajriba maydoni bo'lmasligi kerak. Nishoniga keyingi faoliyatida omad tilaymiz.
   
06 mar 15:47:45
Tinchliksevar
Qisqa 1ilib aytganda tajribasizlik no‘noqlik qildingiz siz avval murabbiyliknibo‘zganing munosib futbolchilarni olib boring agar sizning o‘rningizda Ravshan Haydarov bo‘lganda hozir natija boshqacha bo‘ladi
   
06 mar 15:27:30
Ochilov Farobiddin
Тушунарли, сизни талкинизда зўр ўйнаган экансиз, биз нохақмиз бу ерда. Омадсизлик туфайли ютқазганмиз, аслида боллар зўр ўйинчи. Хаммаси тушунарли
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика