So’nggi yangiliklar

12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  0 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  1 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  2 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  10 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  15 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  2 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  2

Matar: "Tarixda faqat natija qoladi" Yangiliklar

Matar: "Tarixda faqat natija qoladi"

BAA terma jamoasi sardori Ismoil Matar Avstraliyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng mikst-zonada jurnalistlarning qator savollariga javob qaytardi.

- "Qiziq o'yin guvohiga aylandik. Juda qattiq kurash kechdi. Bizni naqadar mushkul va og'ir bahs kutib turganini sezgandik. Kuchli raqibga qarshi barcha jihatlarni inobatga olgan holda, ruhan va jismoniy taraflama jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik.

Eng muhimi - natija. Bugun biz g'alabaga erishdik va Avstraliyadan qasos oldik. CHunki bu raqibga qarshi oxirgi to'qnashuvda mag'lub bo'lgandik. O'sha mag'lubiyat uchun revansh olishni uddaladik. Taktik taraflama ustunlik qilib g'alabaga erishdik. Tarixda faqat natija qoladi. SHu boisdan ham g'alabani qaysi yo'l bilan qo'lga kiritganimiz muhim omil hisoblanmaydi.

Qatarga qarshi o'yin? Keling, darhol bo'lajak uchrashuvga o'tib ketmaylik. Hozircha mazkur g'alabadan rohatlanmoqchimiz. Qatarga qarshi o'yinga siyosiy taraflama yondoshish noto'g'ri. Sport va siyosatni aralashtirmagan maqul.

Futbolga faqat o'yin sifatida qarash kerak. Undan ortig'iga o'tib ketish yaramaydi.

BAA musobaqaga har jihatdan puxta tayyorlanganini o'yindan-o'yinga namoyish etyapmiz. Jamoa uchrashuvdan-uchrashuvgacha qo'shib, kuchayib borayotganini sezish qiyin emas. Har bir bahs bizga katta tajriba bermoqda. O'yinimiz esa tobora o'sib bormoqda.

Yarim finalda muxlislar bizdan faqat va faqat g'alabani kutishadi. Finalga chiqish bizning orzuimiz. Buni uddalash uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Ismoil Matar.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика