Mata: "Van Gal muhim o'yinlar vaqtida yig'lab turardi"
12 sen 2020 14:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591729_original.jpg)
![](/upload/storage/591729_220.jpg)
Mata: "Van Gal muhim o'yinlar vaqtida yig'lab turardi"
"Manchester Yunayted" xavbeki Xuan Mata jamoaning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal haqida gapirdi.
"U juda vajohatli. Undan tashqari yaxshi inson va o'ta hissiyotga beriluvchan. Undan kutilmagan harakatlarni kutsa bo'ladi. Bazida muhim gaplarni gapirib turgan paytda yig'lab yuboradi.
Klubga endi kelgan vaqtimda u Rayan Giggz bilan o'tirgandi. Yonida 3 bokal "Rioxa" vinosi turgandi. U mendan ichishimni so'radi, biroq rad javobini berdim. Van Gal biroz ichdida: "Xo'sh, kimsan? Gapir", dedi.
Biroz xayratlandim: "Ismim Xuan, yoshim 26da, futbol o'ynayman". U: "Yo'q-yo'q, buni bilaman. Qanday insonsan? Oilang bormi? Senga hayotning qaysi tomonlari muhim?".
U nafaqat kuchli taktik, balki ruhshunos ham edi. Undan ko'p narsalarni o'rgangandim", - dedi Mata.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar