Mata: "Ibragimovich bilan bir jamoada o'ynashdan xursand bo'lardim"

Aziz Tukhtamuradov
23 mar 2016, 21:53
MYU futbolchisi Xuan Mata Zlatan Ibragimovichni MYUga o'tishi mumkinligi xabarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Zlatanning rejalari qanday ekanligini bilmayman. PSJda qolmoqchimi yoki yangi jamoada o'ynab ko'rmoqchimi. U Shvetsiya tarixidagi eng zo'r futbolchi. Ibra o'zi o'ynagan klublarda ko'plab sovrinlar yutgan. Bu uning qanday futbolchi ekanligidan dalolat beradi. Menimcha, har bir futbolchi u bilan bir jamoada o'ynashdan xursand bo'lgan bo'lardi", - deydi ispaniyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Skysports.com