So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Massimo Karrera: “Rossiyada yulduzlar etishmaydi, ammo yaxshi saviyadagi futbolchilar etarlicha” Yangiliklar

Massimo Karrera: “Rossiyada yulduzlar etishmaydi, ammo yaxshi saviyadagi futbolchilar etarlicha”

Moskvaning “Spartak” jamoasi muxlislarni yoqimli tarzda ajablantirib, chempionatda peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

Bosh murabbiy Massimo Karrera futbolchilar bilan qanday muloqot qilayotgani, rus klublari saviyasi xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

- “Spartak”ka o'tishingiz haqida aytib bersangiz.
- Evropa chempionatidan keyin Konte “CHelsi”ga yo'l oldi. Men kelajagimni aniqlab olishim lozim edi. Menga “Bari” qiziqdi, ammo gap taklifgacha etib bormadi. “Spartak” varianti esa aniq bo'ldi. Franciyaga Dmitriy Alenichev va bosh direktor uchib keldi. Ular menga ish taklif qilishdi va bunga darhol rozi bo'ldim. CHunki “Spartak” Rossiyaning “Yuventusi” ekanini bilardim. U oddiy jamoa emas, balki kuchli ananalar tarixda katta g'alabalarga ega sport jamiyati. Menga chorlovlar yoqadi! Bu erga Alenichevning yordamchisi sifatida kelgandim. Prezident himoyachilarni italiyalik murabbiy shug'ullantirishini xohlagandi.

- Leonid Fedunning jamoani boshqarish haqida taklifi kutilmagan bo'ldimi?
- Klubda Alenichev bilan hamkorlikni davom ettirishni istashmaganda mendan bir necha o'yinga bosh murabbiy sifatida yordam berishimni so'rashdi. Oldinda terma jamoalar bilan bog'liq tanaffus turardi va bu paytda rahbariyat yangi mutaxassis qidirishga mashg'ul edi. Hech qanday xayolga berilmadim. Bir necha haftadan so'ng menga shartnoma taklif qilishdi. Bunga yana o'ylamasdan ijobiy javob qaytardim.


- Rus tilidan tashqari jamoada qaysi tildan foydalanasiz?
- Men italyancha gapiraman, tarjimon esa uni rusgacha o'giradi. Ko'p yildan beri Rossiyada o'ynayotgan Salvatore Bokkettining borligi omadim kelganini bildiradi. Yana Fernando bor, braziliyaliklar meni tushunadi. Futbol tili maydondagi harakat va ko'rsatmalar orqali tushunarli. Boshida menga ancha qiyin bo'ldi. Lekin tarjimon yordamida baribir muloqot qila olaman.

- Rus klublari hozir qanday saviyada?
- Yomon ob-havo noyabrda uchraydi. Tanaffus 6 dekabrdan martgacha cho'ziladi. Bu erda futbol boshqacha: maydonda harakatlanish bo'yicha taktik mashg'ulotlar kamroq beriladi. Odatda rossiyalik murabbiylar maydonda qanday o'ynashni doskada ko'rsatishadi. Yigitlarni o'yindagi holatga yaqin sharoitda mashq qildirish juda muhim deb hisoblayman. Futbolchilar to'p ularda bo'lganda va usiz holatda qanday o'ynashni bilishlari darkor. To'pga ega o'yinchi 3-4 variantga ega bo'lishi kerak. Ustunlikka shu tariqa erishish mumkin.

- Rossiyadagi stadionlar qanday?
- Bu erdagi stadionlar yaxshi, bizning arena esa shunchaki ajoyib. Klubimiz stadionida tashkiliy ishlar juda yaxshi yo'lga qo'yilgan.

- Muxlislar sizga qanday munosabatda bo'lishadi? Italiyada ishqibozlar klub, murabbiy va futbolchilarga katta bosim o'tkazishadi.
- Ruscha gapirmayman. Lekin murabbiy lavozimida ish boshlaganimdan keyin ular bilan uchrashuvda qatnashdim. Ularning xohishlarini eshitdim. “Spartak” muxlislari qiziqqon, qadrdon jamoaga juda yaqin. Ular jamoa ananalariga mos ravishda g'alabani talab qilishadi, qayg'urishadi. O'sha suhbatda men ishqibozlar futbolchilarning boshdan baland sakrashga intilishi, o'zlarini o'yinga baxsh etishlarini xohlashini bilib oldim. SHunday holatda hech kim biz tomonga tosh otmaydi, hatto natija foydamizga hal bo'lmasa ham. Qiyin kurashda yutqazsang raqib mahoratini tan olish lozim. Raqib kuchliroq chiqqan bo'lsa, borib indamasdan qo'lini siqib qo'yish zarur. Bahona izlamaslik kerak. Muxlislarni o'yinchilar 120 foiz kuchini ishga solishlariga ishontirdim.


- Mahalliy futbolchilar va xorijliklar o'rtasida farqni sezdingizmi? Rossiyada terma jamoa kelajagi borasida bahslashishmoqda. Kapelloning ishi bu erda o'xshamadi.
- Javob ancha oddiy tuyulishi mumkin. Terma jamoa – avlodlarga bog'liq masala. Ayni paytda Rossiyada yulduzlar bilan bog'liq muammo mavjud. Lekin sifatli futbolchilar etarli. Yoshlarga etibor qaratish shart. Ayniqsa, mahoratli bolalar murabbiylarining o'rni bunda juda katta bo'ladi. Futbolni rivojlantirish uchun to'g'ri yo'l tanlangan deb o'ylayman: jamoalar maydonga 6 xorijlik va 5 mahalliy futbolchini tushirishadi. Italiyada legionerlar soni cheklanmagan va biz Antonio bilan bazan 1 nafar mahalliy futbolchining o'yinini kuzatish uchun borgan paytlarimiz bo'lgan. CHeklov terma jamoa uchun ijobiy holat. Boshqa tomondan u klub murabbiyiga hammasini to'g'ri hisoblash va kimni tarkibga qo'yishda bazi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

- Rossiyada qancha payt ishlashni xohlaysiz?
- “Spartak” bilan shartnomam ikki yilga mo'ljallangan. Etiborimni shu chempionatga qaratganman va shu erda faoliyatimni yo'lga qo'yishni istayman. Muxlislar, jamoa bilan yaxshi munosabatdaman. Bu erda menga qulay. Birinchi vazifam Moskvada imkon qadar uzoqroq qolish va “Spartak” bilan yuqori natijalarga erishish.

- Oilangizni shu erga olib kelasizmi?
- Tanaffus paytida uyga boraman. Noyabr oxirida rafiqam va ikki qizim Moskvaga keladi. Martdan boshlab rafiqam ko'chib keladi. Qizlarim katta, ular mehmonga kelib turishadi. Milandan Moskvagacha uch yarim soat parvoz qilish etarli. Italiya va Rossiya bir-biridan xaritada ko'ringanidek juda uzoq emas.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика