Massimilano Allegri: “So'nngi yillarda faqat “Real” bizdan yaxshiroq ishtirok etmoqda”
13 fev 2018 01:38
Yangiliklar


Massimilano Allegri: “So'nngi yillarda faqat “Real” bizdan yaxshiroq ishtirok etmoqda”
“O'yinda aqlni ishga solib, texnik mahoratni namoyish etib, gol o'tkazmaslikka harakat qilishimiz lozim. Ammo 0:0 hisobini menga taklif qilishganida, bunga rozi bo'lmasdim.
“Biz “Tottenhem”ning kuchli tomonlarini bilamiz. Jamoa tarkibida uch-to'rt nafar yuqori darajadagi futbol namoyish etadigan o'yinchilar bor. Ammo biz tajribamiz oshdi, o'zimizga bo'lgan ishonch juda yuqori. Bu Evropa maydonlarida ijobiy natijalar ko'rsatganimiz hisobiga bo'ldi. Menimcha, so'nggi yillarda ECHLda faqat “Real” bizdan yaxshiroq qatnashdi.
Bir narsani aniq aytishim mumkin. Juda extiyotkor bo'lib harakat qilishimiz lozim. Aks holda “Tottenhem” jismoniy kurashlarda bizdan ustunlik qilishi mumkin.
Bu kabi teng kuchli jamoalar bahsida odatda mayda detal o'yin taqdirini hal qilishi mumkin”, deydi Allegri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar