Maskerano: “Hozir Messi oldingi besh marta “Oltin to'p” yutgan vaqtidan ham yaxshiroq holatda”
12 may 2018 01:40
Yangiliklar


Maskerano: “Hozir Messi oldingi besh marta “Oltin to'p” yutgan vaqtidan ham yaxshiroq holatda”
Xitoyning “Xebey CHayna Forchun” jamoasi yarim himoyachisi Xaver Maskerano Argentina terma jamoasidagi sherigi Lionel Messi haqida gapirib o'tdi.
“Ayni paytda Messi ilgari besh marta “Oltin to'p” yutgan vaqtidan ham yaxshiroq holatda. Biz endi bu kabi futbolchini hech qachon ko'rmasak kerak. Uning o'yindan o'yinga o'sib borayotganini ko'rib, bunday bo'lishiga ishonmay qolasan kishi”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
JCH-2018 bahslarida Argentina terma jamoasi guruh bosqichida Islandiya, Xorvatiya va Nigeriya termasi bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar