Maskerano ertaga rasmiy tadbirda “Barselona” bilan xayrlashadi
23 jan 2018 01:57
Yangiliklar
Maskerano ertaga rasmiy tadbirda “Barselona” bilan xayrlashadi
“Barselona” himoyachisi Xaver Maskerano ertaga, 24 yanvar kuni rasmiy tadbirda kataloniyaliklar bilan rasman xayrlashadi.
Argentinalik futbolchi “Barselona” sharafini 2010 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Aslida himoyachi Ispaniya Kubogi chorak finalining “Espanol”ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida maydonga tushishi va shu tariqa muxlislar bilan xayrlashishi kerak edi.
Lekin futbolchining jarohati sabab bu xayrlashuv amalga oshmaydigan bo'ldi. Endi 24 yanvar kuni jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va OAV xodimlari ishtirokida o'tkaziladigan marosimda Xaver kataloniyaliklar bilan xayrlashadi.
Maskerano faoliyatining Xitoyning “Xebey CHayna Forchun” klubida davom ettiradi. 33 yoshli futbolchining 14-raqamli futbolkasi esa “Barselona”ning yangi xaridi Koutinoga topshiriladi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar