So’nggi yangiliklar

09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  6 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0

Mashrab Odilov: “Maqsadimiz – Osiyo chempionati g'olibligini qo'lga kiritish” Yangiliklar

Mashrab Odilov: “Maqsadimiz – Osiyo chempionati g'olibligini qo'lga kiritish”

Teglar :  Mashrab Odilov
Malumki, 27 sentyabr - 8 oktyabr oralig'ida Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi. Turnir oldidan terma jamoa futzalchisi Mashrab Odilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

Musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik xususida
- Albatta, biz musobaqaga ajoyib tarzda tayyorgarlik ko'rdik. Yaratilgan sharoitlarimizdan kelib chiqib, kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazdik. Qolaversa, Ispaniyadan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis olib kelindi. Bu orqali holatimizni yanada oshirib oldik. Umuman olganda, tayyorgarlik reja asosida o'tdi.

Guruhdagi raqiblari borasida
- Biz ishtirok etadigan guruhda yaxshi terma jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Aytaylik, Tojikiston va Turkmaniston bilan musobaqadan oldin o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynadik. Yomon emas va ularga qarshi qiziqarli bellashuvlar bo'lib o'tadi. Bahrayn esa biz uchun notanish raqib sifatida qolmoqda.

Musobaqa g'olibligi uchun davogarlar haqida
- Osiyo chempionati g'olibligi uchun bir nechta terma jamoalar o'zaro bizga qarshi raqobatchilik qilsa kerak. Mening nazarimda, Eron, Indoneziya va Yaponiya terma jamoalari hamda Tailandni qo'shish mumkin.

Asosiy maqsad borasida
- Co'zsiz Quvaytdagi musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritish uchun tashrif buyurdik. 2016 yilda o'tkazilgan musobaqada g'olib bo'lishimiz mumkin edi. Bunga juda yaqin kelgandik. Biroq o'shanda omad bizdan yuz o'girgandi. Bu gal esa O'zbekiston xalqiga quvonch ulash uchun Quvaytga keldik va chempionlikni maqsad qilganmiz.

Jahon chempionatidan keyingi terma jamoa holati xususida
- Jahon chempionatidan keyin O'zbekiston futzal terma jamoasi yanada kuchaydi. Bu esa oldimizda turgan musobaqada bizga asqotishi mumkin. Biz ancha o'sdik va kuchli darajaga chiqa oldik deb o'ylayman. Umuman olganda, bejizga bu erga kelmaganimizni isbotlash niyatidamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика