So’nggi yangiliklar

19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  0 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  15 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  17 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5

Mashrab Adilov: "Doimo o'z oldimga yuqori maqsadlarni qo'yaman" Yangiliklar

Mashrab Adilov: "Doimo o'z oldimga yuqori maqsadlarni qo'yaman"

"Lokomotiv" futzalchisi Mashrab Adilov "Stroitel-Zarafshon"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi o'yin qiyin o'tishini bilardik. Kecha "Paxtakor"ga qarshi o'yinda jamoamiz katta kuch yo'qotdi. Bugungi uchrashuvda esa bu bilinib qoldi. O'yinni yaxshi boshlay olmadik, birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik imkoniyatlarimizdan maksimal ravishda foydalanib ketdik va ishonchli g'alabaga erishdik.

- O'zbekiston chempionatida ketma-ket turli xil jamoalar tarkibida chempionlikni qo'lga kiritdingiz.

- Ha, bu juda yaxshi hissiyotlarni taqdim qiladi. Umuman olganda men doimo o'z oldimga yuqori maqsadlarni qo'yaman. Futbolchi shu orqali o'sishga erishadi. Katta maqsadlar sari intilaverish futbolchini yanada kuchli qiladi. Men o'zim o'ynayotgan jamoa uchun doimo bor kuchim bilan kurashaman.

- Kelasi turda AGMKga qarshi bir yo'la ikki o'yin bizni kutib turibdi.

- Albatta, AGMKga qarshi o'yinlar qiyin o'tishi turgan gap. Ushbu jamoa tarkibida juda tajribali va iqtidorli yosh futbolchilar jam bo'lishgan. Ammo "Lokomotiv" rahbariyati bizning oldimizga ulkan maqsadlarni qo'ygan. Jamoamiz juda ham yaxshi tayyorgarlikka ega. Biz istalgan raqibga munosib qarshilik ko'rsata olamiz. AGMKga qarshi o'yinlarda faqatgina g'alaba uchun harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика