So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  2 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  24 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

Mashhur yulduzlarning xo'roz otalari Yangiliklar

Mashhur yulduzlarning xo'roz otalari

Teglar :  Lionel Messi
Malumki, Lionel Messi va uning otasi Xorxe daromad soliqlarini o'z vaqtida to'lamaganliklari uchun 21 oy muddatga shartli qamoq jazosiga tortildilar.

Mana shu voqea boshqa taniqli futbolchilarning otalari ishtirokidagi mojarolarni yodga olishga turtki bo'ldi.

NAHOTKI, U FIRIBGAR?..

Barselona hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning otasi OAV vakillari uchun otning qashqasidek tanish. Yani, da Silva Santos ham xuddi Messining otasi kabi qonunlarni nazar-pisand qilmaslikka odatlangan. Jumladan, o'g'lining Santosdan Barsaga o'tishida muzokaralarda ishtirok etib, firibgarlikka yo'l qo'ygan. Ispaniya sudi o'tgan yilning iyunida Braziliyaning DIS kompaniyasi shikoyati asosida qo'zg'agan jinoiy ish hanuz nihoyasiga etgani yo'q. Unga ko'ra, katta Neymar, Barselona prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va sobiq prezident Sandro Rossel transfer borasida kelishib olishgan, Santos prezidenti Luis Alvaro de Oliveyra Ribeyro esa muzokaralardan chetda qolgan. Bundan qattiq xafa bo'lgan Santos prezidenti kataloniyalik kasbdoshlari Neymar otasining roziligini olish maqsadida London mehmonxonalaridan birida bazmi jamshid uyushtirganliklarini fosh etdi. Bundan tashqari, da Silva Santos JCH-2014 vaqtida Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Dunga va bir qator amaldorlar bilan hamkorlikda stadionlarga kirish chiptalarini tarqatish jarayonida tamagirlikka yo'l qo'yganligi ham fosh etildi. SHuningdek, o'g'lining tug'ilgan kuniga bag'ishlangan ziyofatdan qaytayotgan ota restoran yo'lagida TV vakillariga duch kelgan va negadir ulardan achchiqlanib, tasvirga olish anjomlarini pachoqlab tashlagan.

Sudga kelmagani uchun...

Bavariya va CHili terma jamoasi sharafini himoya qiladigan Aturo Vidal otasi Erazmo ham policiyaning doimiy mijozlaridan. U 2011 yil dekabrda singlisi Suzanna bilan birgalikda narkotik moddalarni saqlaganligi uchun qo'lga olingandi. 2015 yil iyulida katta Vidal yana hibsga olindi. Bu gal huquq-tartibot xodimlari uning yonidan 3 bo'lak kokain moddasi va 2ta pichoq topib olishdi. SHu bois Erazmo o'g'lining Bavariyadagi taqdimot marosimini policiya mahkamasida televizor orqali tomosha qilishga majbur bo'ldi. To'g'ri, uni 4 soatdan keyin qo'yib yuborishdi. CHunki giyohvand moddaning miqdori CHili qonunlarida ruxsat etilgan miqdordan ko'p emasdi. Joriy yilning mart oyida Erazmo mast holatda ko'chaning avtomobil qatnaydigan qismida policiyachi tomonidan to'xtatilib, hujjatlari tekshirilganda noyabr oyi­da sudga bormaganligi aniqlandi. Endi uni 18 oylik qamoq jazosiga mahkum etishlari mumkin.

Qaltis savdo yoxud fitna qurboni

Mashhur Jon Terrining otasi Edvard esa narkotik modda savdosi bilan shug'ullanganligi uchun 2009 yili hibsga olingandi. 55 yoshli katta Terridan bir jurnalist qahvaxonaning hojatxonasida giyohvand moddani xarid qilgandi. Taxminlarga ko'ra, bu jurnalistlar tomonidan uyushtirilgan fitna bo'lgan. Lekin sud Edvardni 6 oy muddatga shartli qamoq jazosiga tortib, 95 funt jarima bilan jazoladi. SHuningdek, u 100 soatli jamoat ishlariga jalb etildi.

Devorni vayron etib...

Braziliya termasi va Lacio klubi yarim himoyachisi Felippe Andersonning otasi Sebastyan Gomes ikki kishining qotili sifatida 2015 yil yanvarda hibsga olingandi. 51 yoshli Gomes o'z avtomobilida mashuqasining sobiq turmush o'rtog'i bo'lgan 30 yoshli Bruno Santosni taqib qilgan. Oxir-oqibat, avtomobil va Santosning motocikli boshqaruvni yo'qotib, turar joy binosiga urilgan. Oqibatda Bruno Santos va qulayotgan devor ostida qolgan uy bekasi - 61 yoshli Noemiya Kaldeyru hayot bilan vidolashdi.

Farzandining qotili

Bir paytlar Rubin sharafini himoya qilgan Serbiya terma jamoasi azosi Savo Miloshevich mudhish fojiani boshdan kechirdi. 2011 yili sobiq futbolchining uyi­da ro'y bergan oilaviy mojaro Savoning bobosi va otasi o'rtasidagi jiddiy janjalga sabab bo'ldi. g'azabdan asablarini jilovlay olmagan katta Miloshevich qo'liga miltiq olib, o'g'lining ko'ksiga o'q uzdi. Oqibatda, Savoning otasi shifoxonaga etmay jon berdi.

Agent uchun siylov

Tunis terma jamoasining sobiq o'yinchisi Komil ben Arfa Franciya terma jamoasiga jalb qilinishi taxmin qilinayotgan o'g'li - Xatem ben Arfa uchun uning agentidan alamini oldi. Uning takidlashicha, futbol agenti Mishel Uazin Xatemni yo'ldan urgan. SHu bois, mse Komil 2012 yilda agentni Franciya FFning ofisida do'pposlagandi. Xayriyatki, tez orada kichik Ben Arfa voqea joyiga etib kelib, agentni qutqarib qoldi. Malum bo'lishicha, Uazin Xatemni 2011 yilda Franciyadan Angliyaga olib ketgan va Nyukasl bilan shartnoma imzolashga bosh-qosh bo'lgan ekan.

Begonalarni qo'rqitish uchun o'zingnikini ur. 2007 yili Moldova matbuoti SHerif hamda milliy terma azosi Simeone Bulgaruning otasi policiya xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergandi. SHerif klubi bu borada bayonot berib, katta Bulgaru o'zining qarindoshi bilan Zimbruga qarshi o'yinga tashrif buyurganini malum qildi. Stadionga kirish paytida ular baland ovoz bilan o'z jamoalari nomini aytib hayqirishgan. SHu bois, ularni policiya mahkamasiga olib ketishgan va tungi soat 3:00ga qadar ushlab turishgan. Tibbiy tahlil jabr­lanuvchilar qoni tarkibida alkogol mavjud emasligini tasdiqladi. Biroq policiya katta Bulgaru o'ta darg'azab kayfiyatda bo'lganligi va policiya xodimlarini haqorat qilganligini ro'kach qildi.

Qizil kartochka biznesi

Runilar oilasining etakchisi bo'lmish Ueyn Runi (o'g'li bilan ismdosh) ham policiyaga so'roq berishga majbur bo'ldi. Uni SHotlandiya chempionatining ayrim uchrashuvlariga shubhali pul tikkanlikda ayblashdi. 48 yoshli katta Ueyn o'zining 54 yoshli amakisi va yana 8 nafar sheriklari bilan Mazervell yarim himoyachisi Stiv Jennings Xartsga qarshi bellashuvning so'nggi daqiqalarida hakamni haqorat qilib, qizil kartochka bilan jazolandi. Policiya Jennings­ni ham hibsga oldi. Biroq ayblovni isbotlashni iloji bo'lmagach, barcha gumondorlar qo'yib yuborildi.

20 yillik qamoq uchun jarima

2015 yil iyun oyida Edinson Kavanining otasi yo'l transport hodisasini sodir etib, bir kishining hayotiga zomin bo'ldi - u boshqarayotgan pikap motocikl bilan to'qnashib ketdi. Oqibatda 19 yoshli yigitcha shifoxonada olamdan ko'z yumdi. Eks­pertlar Kavanining otasi mast holatda bo'lganligini aniqlashdi. Oradan bir necha kun o'tgach, Amerika kubogi turnirida Edinson Urugvay terma jamoasi tarkibida CHiliga qarshi maydonga tushdi. Bahs jarayonida hujumchi chililik himoyachi Gonsalo Xara bilan to'qnashib ketdi. To'qnashuv mojaroga aylanib, Xaara Kavani otasi YTHda odam o'ldirgani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishini Edinsonga eslatib qo'ydi. Bu qilmishi uchun himoyachi 3ta o'yinga chetlashtirilib, 7,5 ming dollar jarima bilan jazolandi. Kavani esa Urugvay termasi musobaqadan chiqib ketgach, otasidan xabar olish uchun qamoqxonaga oshiqdi.

Pasport yo'q - futbol ham...

Serbiyalik noyob iqtidor sohibi Marko Gruichning otasi qandaydir qonunga zid ishlarda qatnashmagan bo'lsa-da, baribir mojaro ishtirokchisiga aylandi. Gap shundaki, qishda uning 19 yoshli farzandini Liverpul Crvena Zvezdadan 7 mln. evro evaziga xarid qilgandi. Biroq katta Gruich Markoning tumanli o'lkaga yo'l olishini istamadi va o'g'lining pasportini yashirib qo'ydi. Men ular Markoni majruh qilishlarini istamayman. Ularda odamgarchilik ham, masuliyat ham yo'q. Har kuni 10 martalab qo'ng'iroq qilib, yosh yigitni yo'ldan urishdi. Marko hali Angliyada to'p surishga tayyor emas. Yaqinda (U-20) terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'ldi, hozir Crvena Zvezda bilan chempionlikka intilmoqda. Men uning pasportini yashirib qo'ydim. Pasport ham yo'q, futbol ham! Yosh futbolchining APLda barbod bo'lishini istamayman, - dedi katta Gruich. Biroq yaqinda Marko Gruich Buyuk Britaniyada ishlash uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo'ldi. Aftidan u olis safarga otasini ko'ndirgan ko'rinadi.

C.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика