Masharipovning yangi jamoasi bugun yangi murabbiy qo'l ostida ilk o'yinini o'tkazadi
31 dek 2020 12:43
Yangiliklar


Masharipovning yangi jamoasi bugun yangi murabbiy qo'l ostida ilk o'yinini o'tkazadi
Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"ni tark etib Saudiya Arabistoni klubiga o'tishga yaqin turibdi.
2020 yil yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jaloliddin Masharipov shu kunlarda Ar Riyod shahrining "Al Nassr" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalchisi bugun Saudiya Proligasida 11-turni safarda "Al Faysali"ga qarshi o'tkazadi. Malumki, "Al Nassr"da yaqinda murabbiy o'zgardi. Qoniqarsiz natijalar sabab Rui Vitoriya o'z lavozimini tark etdi va uning o'rnini bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida Alen Xorvat egalladi.
"Al Nassr" futbolchilari "Al Faysali"ga qarshi yangi murabbiy boshchiligida tayyorgarlik ko'rishdi va bugun ushbu mutaxassis qo'l ostida ilk bor maydonga tushishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar