"Mashal"ning terma jamoalarda o'ynagan futbolchilari
13 noy 2013 09:49
Yangiliklar

"Mashal"ning terma jamoalarda o'ynagan futbolchilari
Futbol bo'yicha bu yilgi mavsum ham yakuniga etdi. Birinchi ligada birinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Mashal” kelasi yil yana oliy ligada to'p suradigan bo'ldi.
Umuman olganda, bu mavsum jamoamiz uchun ancha muvaffaqiyatli kechdi. Ayniqsa, yosh futbolchilarimiz uchun juda omadli keldi desa bo'ladi.
Bu yil hisobidan bir nechta tarbiyalanuvchimiz turli yoshdagi terma jamoalarda to'p surishdi. Xususan, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida Alijonov Ilhom, SHaripov Rahim va Murtazoev Abubakir 1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz safida harakat qilishdi. Malumki, Toshkentda o'tkazilgan saralash o'yinlarida Temur Olimxo'jaev shogirdlari Falastin va Yamanga qarshi to'p surib, har ikkala bahsni g'alaba bilan yakunlashdi.
Bu yil shuningdek, 1995 yilda tug'ilgan o'yinchilardan tashkil topgan terma jamoamiz ham Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etdi. Qatarda o'tkazilgan saralash bahslarida Aleksey Evstafeev jamoasi ikkinchi o'rinni egallab, Osiyo chempionatiga yo'l oldi. Doxadagi o'yinlarda “Mashal” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan Durbek Kamolov, SHerzod Abduraimov, Maqsud Mahmudov, Bobir Davlatov, Asliddin Abdiev, Eldor SHomurodov kabi futbolchilarimiz to'p surishdi.
Xabaringiz bor, yaqinda 1996 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz BAAda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashib kelishdi. Bunda Dilshod Nuraliev shogirdlari jami to'rtta o'yinda ishtirok etgan holda o'zlaridan yomon taaassurot qoldirishmadi. Bu chempionatda “Mashal”ning uch nafar futbolchisi qatnashib qaytdi: Otabek SHukurov, SHohjahon Abbosov va SHoxruh Eshbo'taev.
Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida esa “Mashal”dan ikki futbolchining borishi kutilgandi. Lekin ayrim sabablarga ko'ra, bosh murabbiy Ahmadjon Musaev Jahongir Abdumo'minov bilan Ixtiyor Toshpo'latovni olib ketmadi. Agar olib ketganida kim biladi deysiz, ikki marta 0:4 hisobi qayd etilmasmidi.
SHuningdek, ayollar futboli bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlarida qatnashib kelgan terma jamoamizning deyarli 90 foizini “Mashal” futbolchilari tashkil qilishdi. Buni ham yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.
“Mashal” futbol akademiyasida tahsil olib, terma jamoa darajasida to'p so'rgan yoshlarning yaxshi futbolchi bo'lib shakllanishida ko'plab murabbiylarning xizmati katta. SHu o'rinda Dilshod Andaev, Aleksandr Xomyakov, Maqsud Irisbaev, Vali Keldiev, Ikrem Repatov, Nikolay Lapa, Otajon Avezov, Anvar Hafizov, Jamshid Botirov, Jamshid Saidov, Nasim SHoimov, Bahrom Norsafarov singari “Mashal”da ishlayotgan va ishlab ketgan murabbiylarga rahmat aytsak arziydi.

Fikrlar