Mashalning ikki futbolchisi Neftchida
26 jan 2020 12:15
Yangiliklar
Mashalning ikki futbolchisi Neftchida
Farg'onaning Neftchi jamoasi ayni damda o'z qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.
SHu bilan birga jamoa bugun start olgan viloyat hokimi kubogi turnirida ham ishtirokini boshladi.
«Neftchi» tarkibiga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Xuquqiy jihatdan «Mashal» jamoasiga tegishli bo'lgan himoyachi SHoxjahon Qilichev bilan hujumchi Sanjar Zokirov ijara asosida bu yilgi mavsumni farg'onaliklar tarkibida o'tkazadigan bo'ldi.
Buning evaziga «Neftchi» rahbariyati iqtidorli futbolchi Ibrohim No'monovni «gazchilar»ga ijaraga bergan.
Fikrlar