"Mashal"ni yana uch futbolchi tark etdi
11 jan 2017 18:16
Yangiliklar
"Mashal"ni yana uch futbolchi tark etdi
SHu kunlarda yig'in olib borayotgan "Mashal" jamoasi tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib olgani haqida malumot berib o'tgandik.
Jamoani tark etayotganlar ham bor. Oldinroq G'ulom Haydar G'ulomov va Dilyaver Abibullaevlar bungacha rasman klubdan ketishgan edi.
Ayni paytga kelib esa, G'iyosjon Komilov, Mirzohid G'ofurov va Jamshid Hasanovlar rasman "gazchilar" safini tark etib bo'lishdi. Komilov va G'ofurov keyingi mavsumni "Navbahor" safida boshlashadi. Hasanov esa "Qo'qon-1912" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Biz ushbu futbolchilarimizning keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilagan holda "Mashal" jamoasi uchun qilgan xizmatlari uchun o'z minnatdorchilgimizni bildirib qolamiz.
Jamoa tarkibi va bo'layotgan o'zgarishlar haqida imkon qadar muxlislarimizga malumotlarni taqdim etib boramiz.
"Mashal" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
15:55
Norvegiya 99,9% JCHda! Estoniyaga qarshi kechgan qiyin o'yin taqdiri 6 daqiqada hal qilindi! 10
11:19
Bir o'yin tarixi. O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida Xorvatiyani qanday enggandi? 4
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar