"Mashal" yoshlari "Navro'z kubogi-2015"da ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi
22 mar 2015 14:14
Yangiliklar

"Mashal" yoshlari "Navro'z kubogi-2015"da ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi
Qarshi shahrida bir hafta davomida "Navruz kubogi-2015" bahslari bo'lib o'tdi.
19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida tashkillashtirilgan musobaqada "Mashal" futbol maktabi jamoasi ham ishtirok etdi. Yosh futbolchilarimizni finalga yo'l olgani haqida xabar bergan edik. Kecha turnirning final qismi "Nasaf" futbol maktabining suniy maydonida bo'lib o'tdi. "SHo'rtan" va "Mashal" jamoalari yo'l olgan finalda g'uzorlik yoshlarni qo'li baland keldi. 1:0 hisobida finalda g'alaba qozongan "SHo'rtan" musobaqaning g'olibiga aylangan bo'lsa, "Mashal" futbol maktabi jamoasi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
O'yinning 15 daqiqasidan boshlab darvozabonimiz Rahimjon Davronov hakam tomonidan o'yindan chetlashtirildi va jamoamiz o'yinning qolgan qismini 10 kishi bo'lib yakunladi.
Ushbu turnirda 10 ta gol kiritgan hujumchimiz Sanjar Ahmedov to'purarlar ro'yhatida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Fikrlar