"Mashal-W" mavsumni g'alaba bilan boshladi

Aslanov Jasurbek
4 may 2016, 15:43
"Mashal" ayollar jamoasi 2016 yilgi futbol mavsumini boshladi.

Kecha o'z maydonida G'uzorning "Sho'rtan-Ledi" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahrom Norsafarov shogirdlari safida har ikki golga Shahnoza Qurbonova mualliflik qildi.


Ushbu mavsum ayollar chempionatida 11 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda ikkinchi tur start olgan. "Mashal-W" navbatdagi tur bahsini o'z maydonida Qarshining "Sevinch" jamoasiga qarshi 8-may kuni o'tkazadi.

Ayollar chempionati, 2-tur
"Mashal-W" - "Sho'rtan-Ledi" 2:0
Gollar:
 Shahnoza Qurbonova (2 ta)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcmashal.uz