"Mashal" ukrainalik legioneriga javob berdi
28 jan 2015 14:49
Yangiliklar

"Mashal" ukrainalik legioneriga javob berdi
"Mashal" bugun yana Yangierda tayyorgarlikni davom ettiradi.
Kecha Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi bo'lib o'tgan nazorat uchrashuvidan so'ng tarkibda bazi o'zgarishlar bo'ladi. Jumladan "Mashal"da ko'rikda bo'lib turgan ukrainalik legioner Andrey Burdiyan jamoani tark etdi. Ushbu himoyachining o'yinlari Aleksandr Xomyakovga maqul kelmadi va futbolchiga javob berildi. Undan tashqari moldovalik legionerga ham yana bir marta imkoniyat beriladi. Agar futbolchi legioner darajasini isbotlay olsa, yig'inda ishtirokini davom ettiradi.
Ayni vaqtda jamoamizda uchta legioner qolmoqda. Bular Vladislav Ivanov (Rossiya), Nikita Bukatkin (Belarusiya), Vasiliy Soltan (Moldova)lar bo'lib turibdi. 3 fevralga qadar ushbu futbolchilar taqdiriga ham aniqlik kiritildi.

Fikrlar