"Mashal": Tayyorlov guruhlari. Ikkinchi davra start oldi
08 okt 2015 22:36
Yangiliklar


"Mashal": Tayyorlov guruhlari. Ikkinchi davra start oldi
Musobaqaning 6-guruhidan joy olgan jamoalar navbatdagi ikkinchi davra 5-tur bahslarini o'tkazishdi.
1999-2000
yil guruhimizga Mikola Lapa va SHerzod Andaev murabbiylik qilmoqda.
Katta yoshdagi guruhimiz "SHo'rtan"ga qarshi safar uchrashuvida 1:1 hisobida
durang o'ynadi. Ushbu jamoa ayni vaqtda 5-turdan so'ng bir g'alaba , ikki
durang va ikki mag'lubiyat qayd etdi. Besh ochko bilan turnir jadvalida
"Nasaf" va "Alanga"dan so'ng uchinchi pog'onada bormoqda.
2001-2002
yil guruhiga Jonibek Egamberdiev va Ikrem Repatov murabbiylik qilib
kelmoqda. Kichik yosh guruhimiz ham safarda "SHo'rtan"ga qarshi maydonga chiqdi
va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Har ikki golga Ruslan Xojiev mualliflik
qildi. Ushbu guruhi ayni vaqtda 3 g'alaba, bir durang va bir mag'lubiyat
qayd etgan va turnir jadvalida 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.
Endi har ikki jamoa navbatdagi tur o'yinini 11 oktyabr kuni o'z maydonida "Alanga"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar