"Mashal" Superligaga qaytdi!
		
		31 okt 2019 18:38
        Yangiliklar	
	Peshqadam "Mashal" G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi va muddatdan avval 1-o'rinni hamda Superliga yo'llanmasini naqd qilib qo'ydi.
Quyi ligada mavsum yakunlanishiga 2ta tur qoldi xolos. Bu mavsumda A PRO-ligada faqat birinchi o'rinni olgan klub to'g'ridan-to'g'ri Superligaga chiqadi. Qolgan o'rinlarni egallagan klublar xatto pley-offda ham ishtirok etishmaydi.
"Iftixor" klubi 24-turdan keyin A PRO-ligadan chetlatilgani bois ushbu klub ishtirokidagi oxirgi to'rtta bahsda texnik mag'lubiyat yoziladi va raqib klublarga 3 ochkodan qo'shib qo'yiladi.
"Iftixor" bilan texnik g'alabani qo'shganda ayni paytda Asror Aliqulov boshchiligidagi jamoa hisobidagi ochkolar soni 55tani tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Istiqlol" oxirgi ikki turda maksimal ochko olsa va "Mashal" umuman ochko olmasa ochkolar tenglashadi. Bunday vaziyatda o'zaro o'yinlarga qaraladi. Bunda ustunlik "Mashal" tomonida: 2ta g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat.
26-tur — 31 oktyabr
"Oq-tepa" - "Neftchi" 2:1
Gollar: Jamshid Yusupov, 3 (1:0), Pavel Purishkin, 17 (2:0), Alisher Abduvohidov, 62 (2:1)
"SHo'rtan" - "Mashal" 1:1
Gollar: SHerzod Temirov, 28 (1:0), Ahror Inoyatov, 65 (1:1)
"Istiqlol" - "Xorazm" 1:0
Gol: Sardor Sotivoldiev, 58 (1:0)
"Iftixor" - "SHerdor" -:+
27-tur — 6 noyabr
Istiqlol - Oq-tepa
Xorazm - SHo'rtan
Mashal - Iftixor +:-
SHerdor - Neftchi
28-tur — 13 noyabr
Oq-tepa - SHerdor
Neftchi - Mashal
Iftixor - Xorazm -:+
SHo'rtan– Istiqlol

O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
				
				
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar