So’nggi yangiliklar

19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  0 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  2 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  20 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  25 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  17 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  21 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0

"Mashal": Samarqandda g'alaba qozondik Yangiliklar

"Mashal": Samarqandda g'alaba qozondik

Bugun Samarqandda Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning dastlabki daqiqalaridan maydon egalari hujumkorlikka etibor qaratdi. 2 daqiqada Murodovni pasiga Ibragimov etib kela olmadi va qulay vaziyat yo'qqa chiqdi. 18 daqiqada Zohir Qo'ziboevni juda chiroyli pasini Zafar To'raev birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochdi. 40 daqiqada Aziz Ibragimov, Nikolay CHipev, Komil SHorofutdinovlar ketma-ket juda qulay imkoniyatda darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. Birinchi bo'lim so'nggida Maruf Murodov himoyachilarni ortda qoldirib zarba berdi biroq Nosirov ushlab olishni uddaladi. 

Ikkinchi bo'limni ham hisobda ortda qolayotgan maydon egalari hujumkorlik bilan boshladi. 50 daqiqada Agaliev va Ibragimov tandemining hujumiga ozgina aniqlik etishmadi. 65 daqiqada G'iyosjon Komilovni jarimadan ijro etgan zarbasini Melnichuk birinchi qo'ldan chiqib yubordi va so'nggi soniyada ushlab oldi. "Dinamo" ikkinchi bo'limda ko'plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdi biroq ularning so'nggi zarbalarini himoyachilarimiz qaytarib yuborishga erishdi. 75 daqiqa Aziz Ibragimovning chalqancha bergan zarbasi ozgina noaniq ketdi. 82 daqiqada Firdavs Abdusalimov juda qulay imkoniyatda to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. 

Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va "Mashal" Samarqandda g'alabaga erishdi.


Oliy liga, 11-tur
Samarqand. 30.05.2015
"Dinamo" - "Mashal" 0:1 (0:1)

Gollar: 0-1 Zafar To'raev (18),

Hakamlar: Temur To'xtasinov (Andijon), Rasuljon Fozilov (To'raqo'rg'on), Mo'minjon Majidov (Kosonsoy), Rustam Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: V.E.Valitskiy (Toshkent)
Ogohlantirishlar: SHahzod SHaymanov (3), Jahongir Jiyamurodov (40), SHerzod Fayziev (78), Abbos SHodmonov (85),

"Dinamo": 27.Andrey Melnichuk, 16.Akmal Xolmurodov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Maksimilian Fomin, .5Avaz Agaliev, 10.Aziz Ibragimov, 33.Nikolay CHipov, 7.Otabek Zokirov (95.Firdavs Abdusalimov 76), 26.Komil SHorofutdinov, 17.Jasur Azimov (4.Bunyod Isroilov 77), 29.Maruf Murodov.
Zaxira: 15.Muhiddin Xudoyorov, , 9.Pavel Smolyachenko, 19.Islom SHaripov, 22.Murod To'ychiboev, 23.Temur SHaripov .

"Mashal": 30.Botir Nosirov, 20.SHerzod Fayziev, 5.G'iyosjon Komilov, 7.Jahongir Jiyamurodov, 13.SHahzod SHaymanov, 55.Mikita Bukatkin, 90.Zafar To'raev (16.Xolmurod Xolmurodov 83), 18.Abbos SHodmonov (88.Qahramon Bahodirov  90), 26.Zohir Qo'ziboev (c), 27.Vladislav Ivanov (77.Doston Abdurahmonov 70), 10.Jamshid Xasanov.
Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov, , 4.Iqbol Boboxonov, 8.Abbos Omonov, 41.SHohruh Dostonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика