So’nggi yangiliklar

15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  1 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  3 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8

"Mashal": PFL kubogining yarim finalida o'ynaymiz Yangiliklar

"Mashal": PFL kubogining yarim finalida o'ynaymiz

Bugun PFL kubogi musobaqasining chorak final o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Mashal" O'FF suniy maydonida birinchilik vakili "NBU-Osiyo" bilan yarim final bahsi uchun kurashga chiqdi.

Uchrashuvning dastlabki hujumi "bankchilar" tomonida sodir etildi. Davron Valijonovning zarbasi darvoza to'sini ustiga tegib maydonni tark etdi. 20 daqiqada Vladislav Ivanov himoyachilardan qochib ketib, birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. SHohruh Dostonov jarima maydonchasi ichida so'nggi zarbani berishda adashdi. 43 daqiqada Abdulla Nabievning qanotdan oshirib bergan pasini Vladislav Ivanov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Bo'limda boshqa hisob o'zgarmadi va jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda to'la ustunlik vakillarimiz tomonga o'tdi. Ketma-ket hujumlar va bosim yakuniy ko'rinish olishi qiyin kechdi. 60 daqiqaning o'zida "NBU-Osiyo" ikkita ketma-ket hujum tashkil etdi lekin bu vaziyatda Nosirov ishonchli harakat qildi.  Javlon Guseynov ham darvoza tagidagi to'pni o'tkazib yubordi. SHunga qaramay tashabbusni yana o'z qo'liga olgan "gazchilar"  80 daqiqada Jamshid Hasanovning kuchli zarbasidan so'ng hisobni oshirdi. Bahsning oxirigacha hisob o'zgarmadi va "Mashal" yarim finalga yo'l oldi.

"Mashal"ning yarim finaldagi raqibi bugun "Bunyodkor-2" va "Obod" uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.

PFL kubogi-2015
CHorak final.
11:00. O'FF stadioni
"NBU-Osiyo" - "Mashal" 0:2
Bosh hakam:
Ishoq Ibragimov
Gollar: Vladislav Ivanov 43, - 0:1. Jamshid Hasanov 82, - 0:2.
Ogohlantirishlar: Jamshid Xasanov (41), Sirojiddin Rahmatullaev (60)

"NBU-Osiyo": Iskandar Mo'minov, Adham Normuhammedov, Mirshohid Olimov, Davron Valijonov, Leoned Koshelov, Muzaffar Umurzoqov, Akmal Ergashev, Ulug'bek Boqiev, Sarvar Safarov, Javlon Guseynov, Abbos Po'latov.
Zaxira: Farruh Ormonov, Abubakir Abdurahmonov, Avaz Ismatov, Xayrulla Risxiboev, Oleg Drajuk, Isroil Ergashev, Nodir Odilov.

"Mashal": Botir Nosirov, Siroj Hamroev, G'iyosjon Komilov, Iqbol Boboxonov (SHerzod Fayziev 46), Jamshid Xasanov, Jahongir Jiyamurodov, Nikita Bukatkin (Oleg Dmitrechenko 50), Zafar To'raev (Sirojiddin Rahmatullaev 60), Abdulla Nabiev (Humoyun Murtazaev 52), Vladislav Ivanov (Zohir Qo'ziboev 55), SHohruh Dostonov (Igor Gordya 46).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика