"Mashal": "Paxtakor" va "Lokomotiv" bilan nazorat uchrashuvi bo'ladi

18 dek 2014, 21:24
"Mashal" birinchi yig'inni davom ettiradi.
Yangiyerda davom etayotgan yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashuvi belgilandi. Birinchi nazorat uchrashuvi  Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi 20 dekabr kuni Qibraydagi markaziy maydonda bo'lib o'tadi. Ushbu bahs 13:00 da start oladi.
 
Aytib o'tish joizki,  ayni vaqtda jamoamiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda.

Ikkinchi nazorat uchrashuvi esa ushbu yig'inni so'nggi kuni Toshkentda poytaxtning "Lokomotiv" klubiga qarshi bo'lib o'tadi.  27 dekabr kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv ham Toshkentda bo'lib o'tadi va jamoamiz tatilga yo'l oladi.

Manba: fcmashal.uz