So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

"Mashal" o'z uyida "Qo'qon-1912"ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

"Mashal" o'z uyida "Qo'qon-1912"ni yirik hisobda taslim qildi

Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" o'yinining matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borishingiz mumkin.
Mashal (Muborak) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 3:0
25 aprel 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, M.Saidqosimov, T.Gaynulin, E.Tursunov
Nazoratchi:
B.Galeev.

Komissar:
Bobur Haydarov.

Gollar:
Vladislav Ivanov, 15. Zohir Qo'ziboev, 32. Zohir Qo'ziboev, 68.

Ogohlantirishlar:
Qahramon Mahamadjonov, 38.Jahongir Jiyamurodov, 41. Zafar To'raev, 45+1.

"Mashal":
30. Botir Nosirov, 5.G'iyos Komilov, 7. Jahongir Jiyamurodov (16. Xolmurov Xolmurodov, 85), 9. Humoyun Murtazoev (25. Ixtiyor Toshpo'latov, 53), 10. Jamshid Hasanov, 13. SHahzod SHaymanov, 20. SHerzod Fayziev, 26. Zohir Qo'ziboev (s), 27. Vladislav Ivanov, 55. Mikita Bukatkin, 90. Zafar To'raev (77. Doston Abdurahmonov, 65).Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov, 4.Iqbol Boboxonov, 8. Abbos Omonov, SHoxruh Dostonov.
"Qo'qon-1912": 1. Ruslan Matniyozov, 3. Hasanboy Ergashev (s), 4. Qahramon Mahamadjonov (24.Ilya Ilin, 46), 7. Izzat G'aniev (8.Nodir Qo'ziboev, 63), 10. Quvondiq Ro'ziev, 11. Doniyor Usmonov, 18. Sardor Eminov, 19. Vladimir Argun, 20.Xurshidbek Muxtorov, 22. Orif Mamajonov,  29. Igor Golban (23. Furqat Hasanboev, 84).Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 5.Jalil Kimsanov,  9.Nosir Otaqo'ziev, 15.Maruf Zokirjonov. 


90+4. Uchrashuv yakuniga etdi. SHu tariqa "Mashal" o'z maydonida g'alaba qozondi.


90+1. Ihtiyor Toshpo'latovni jarima maydoni tashqarisida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. SHaymanovning amalga oshirgan zarbasidan so'ng to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.

90+1. Ogohlantirish! Vladimir Argun!

90. Bosh hakam ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

85. O'zgarish! Jahongir Jiyamurodov o'rniga Xolmurod Xolmurodov tushdi.


85. Xavfli vaziiyayayat! Toshpo'latov chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Doston Abdurahmonovning yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p Muxtorovga tegib qaytdi.


84. O'zgarish! Igor Golban o'rniga Furqat Haasanboev tushdi.


83. Mehmonlar asosiy etiborini hujumga qaratmoqda.


81. Zarbaaa! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Argun bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


79. Zohir Qo'ziboev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida ortidan Golban taqib etdi va to'pni qaytarib, xavfni birozgina yumshatdi.


78. SHerzod Fayzievning havolatib jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga mezbonlardan hech kim etib kelmadi. To'p maydonni tark etdi.


78. Mehmonlar o'ng qanotda o'yin qoidasini buzdi. Jarima zarbasi!


76. Mezbonlar o'yin nazoratini o'z qo'llariga oldi.


74. SHerzod Fayzievga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatmoqda. Biroziga uzilish.


73. Ilin to'pni Muxtorovga uzatdi. Xurshid ikki raqibini aldab o'tish chog'ida to'pni o'zidan biroz uzoqlashtirib yubordi.


70. Zohir qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.


70. Golban markazda to'pni Toshpo'latovga oldirib qo'ydi. Ihtiyor to'pni egallab olib qarshi hujumga o'tayotganida "Qo'qon-1912" himoyachisi xatosini to'g'riladi. 


67. Nodirbek QO'ziboev jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning tepgan to'pi to'g'ri Nosirovning qo'liga borib tushdi.


65. O'zgarish! Zafar To'raev o'rniga Doston Abdurahmonov tushdi.


64. Zafar To'raevning chap qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini Qo'ziboev bosh bilan darvozaga yo'llab, hisobni yiriklashtirdi.


64. GOOOOLLLLL!!! Zohiiiiirrr Qo'zibooooeeevv! 


63. O'zgarish! "Qo'qon-1912" tarkibida. Izzat G'aniev o'z o'rnini Nodirbek Qo'ziboevga bo'shatib berdi.


62. Yana o'sha Hasanovda gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Jamshid raqiblarini ustalik bilan aldab o'tib, jarima maydoni ichida darvoza tomon zarba yo'lladi. Ruslan Matniyozov o'z o'rnida.


61. Ivanovning chap oyoqda bergan kuchsiz zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ushlab olishga erishdi.


60. Jamshid Hasanov chap qanotdan hujumga qo'shilib turibdi. Xususan uning jarima maydoni ichida turib bergan zarbasini Matniyozov qaytardi. Keyinchalik to'pni Ilin o'z jarima maydoni tashqarisidan uzoqlashtirdi.


57. XAVFLI VAZIYAYAYAYATTT! Yana Igor Golban katta saxnaga chiqdi. Himoyachi to'p chap qanotga uzatgan xolda yangi hujum tashkil etib, mehmonlar jarima maydoni ichiga kirib bordi. CHap qanotdan uzatib berilgan to'pni rossiyalik futbolchi raqiblari qurshovida darvoza tomon zarba berdi. Biroq to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.


53. O'zgarish! Humoyun Murtazoev o'rniga Ihtiyor Toshpo'latov maydonga tushdi.


53. Igor to'pni egallab olib raqiblarini ortda qoldirgan xolda to'pni Usmonovga uzatdi. Doniyor esa o'ng qanotdagi sherigi Mamajonovni oldinga chorlamoqchi bo'ldi. Ammo Orif buni kutmagandi.


52. Markaziy himoyachi Golban hujumga qo'shilib turgani bilan ajralib turibdi.


51. Jiyamurodov chap qanotdan markazga o'tayotganida to'pni kutilmaganda ortidagi To'raevga qoldirdi. Zafarning jarima maydoni ichiga oshirib bergan to'pini mehmonlar qaytarishga erishdi.


50. ZARBAAAA! Humoyun Murtazoevda gol urish uchun qulay imkoniyat bo'lgandi. Ammo uning biroz kuchsiz chiqqa zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


49. Golban markazdan oldinga yurish qilib to'pni o'ng qanotdagi sherigi Mamajonovga uzatmoqchi bo'ldi. Lekin Jamshid Hasanov to'pni qaytardiyu


47. G'aniev markazdan to'pni chap qanot tomon oshirdi. Jiyamurodov ikki raqibi qurshovida chaqqonroq xarakat qilib, to'pga birinchi bo'lib egalik qildi.


47. Humoyun Murtazoev chap qanotda oldinga o'tayotganida Ergashev to'pni undan olib qo'ydi xavfni bartaraf etdi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


"Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarish yuz berdi. Qahramon Mahamadjonov o'rniga Ilya Ilin maydonga tushdi.


Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda.


45+3. Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!


45+3. Jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.


45+3. Mehmonlar qarshi hujumga o'tdi. Eminov katta tezlikda o'ng qanotdan oldinga o'tayotganida Murtazoevni uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.


45+2. To'raevning burchakdan uzatgan to'pini darvozabon qaytardi. 


45+2. Ivanov chap qanotdan oldinga intildi. To'pni To'raevga uzatgan xolda jarima maydoni ichiga kirib borayotganida Muxtorovni to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


45+1. Ogohlantirish! Zafar To'raev! Raqibi Quvondiq Ro'ziev hujumga o'tayotganida ortidan yiqitdi.


45. Bosh hakam birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


45. Jarima maydoni ichiga havolatib uzatilgan to'pni Bukatkin bosh bilan qaytarib yubordi.


45. To'p oldida Izzat G'aniev.


45. Endi Usmonovni yiqitishdi. Jarima zarbasi!


44. G'iyos Komilovning yo'llagan zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ushlab oldi.


44. Doniyor Usmonov jarima maydoni tashqarisida Bukatkinni ortidan qo'pollik ishlatgan xolda to'xtatib qoldi. Jarima zarbasi.


43. "Qo'qon-1912" tarkibida bugun Qahramon Mahamadjonov bilan Xurshid Muxtorov ham debyut uchrashuvni o'tkazmoqda.


43. Eminov jarima zarbasini amalga oshirdi. To'pni Botir Nosirov mushti bilan urib jarima maydoni ichidan uzoqlashtirdi.


41. Ogohlantirish! Bu safar "Mashal" himoyachisi Jiyamurodov raqibi Sardor Eminovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.


40. Jarima zarbasini Jahongir Jiyamurodov amalga oshirdi. Uning jarima maydoni ichiga uzatib bergan to'pini Fayziev bosh bilan darvoza tomon yo'lladi. Matniyozov to'pni arang qaytardi. 

38. Ogohlantirish! Qahramon Mahamadjonov! U raqibi Zafar To'raevni qo'pollik ishlatgan xolda to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan siylandi.


37. Jiyamurodov chap qanotdan to'pni Murtazoevga uzatdi. Hasanboy Ergashev unga imkon bermadi. To'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


34. Ustunlik mezbonlar tomoniga o'tgan.


32. GOOOLLLLL! Zohiiiirrr Qo'ziboeeeeev! "Qo'qon-1912" posboni to'pni o'zidan uzoqlashtirishda xatoga yo'l qo'ydi. Bundan mezbonlar unumli foydalanishdi.


27. Xavfli vaziyat! To'p uchun mehmonlar jarima maydoni ichida Golban va Qo'ziboev kurashdi. Bunda Igor yutib chiqdi.


20. Doniyor Usmonov oldinga o'tayotganida raqib futbolchisi uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.



15. GOOOOLLLL! Mezbonlar o'ng qanotdan hujum tashkil etdi. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pga dastlab To'raev zarba berdi. Darvozabon mushtlari bilan to'pni qaytardi. Unga birinchi bo'lib egalik qilgan Vladislav Ivanov aniq zarbasi bilan uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.


8. Izzat G'anievning juda kuchli zarbasini Nosirov qaytarishga erishdi.


6. Kecha yoshlar jamoalari o'rtasida 90 daqiqa xarakat qilgan Ruslan Matniyozov "Qo'qon-1912" tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazmoqda.


5. Bugun mehmonlar tarkibida etiborga molik o'zgarish. Bu Andrey Baklanovning tarkibga kiritilmaganidir. Tajribali posbon bungacha barcha o'yinlarni to'liq asosiy tarkibda o'tkazib kelayotgandi.


1. DIQQAT! Uchrashuv boshlandi!


Uchrashuv boshlanish arafasida. Futbolchilar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


Futbolchilar chigalyozdi mashklarini bajarish uchun maydonga chiqib kelishmoqda. 


Ayni damda har ikki jamoa ham stadionga tashrif buyurgan.


"Mashal" jamoasida esa Sirojiddin Hamroev diskvalifikaciya tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. 


Bugun mehmonlar tarkibida ikkita yo'qotish bo'lib, jamoa sardori Aziz To'xtaboev va Aleksey Nikolaev jaroxat sabab Muborakka kelmagan. 


“Mashal” to'rt marotaba g'alaba qozonib, bitta uchrashuvda durang qayd etgan bo'lsa, qolgan bitta o'yinda qo'qonliklar muvaffaqiyat qozongan. 


 Natijalar esa “gazchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.


 Mazkur jamoalar oliy ligada o'zaro 6 bor to'qnash kelgan.


Muborak shahrida bo'lib o'tadigan  “Mashal” – “Qo'qon-1912” bahsiga bo'lgan qiziqish yuqori deyish mumkin. 


Bugun oliy liganing 6-tur o'yinlariga start beriladi. 


Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика