"Mashal" - o'ttiz yoshda !
30 okt 2014 09:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/149763_original.jpg)
![](/upload/storage/149763_220.jpg)
"Mashal" - o'ttiz yoshda !
Muborakning "Mashal" jamoasi shu yili o'zining o'ttiz yillik yubileyini nishonlamoqda.
1984 yilda tashkil etilgan klubimiz o'z tarixida ko'plab istedodli futbolchilar etkazib berdi. Bugungi kunda o'z tarixini yarata olgan klub, 2 noyabr kuni Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli stadionda o'z yubileyini keng qamrovda nishonlaydi. SHu kuni "Mashal" o'z maydonida Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qiladi. Oliy liganing 25 turidan o'rin olgan ushbu bahs "Mashal" uchun mavsumdagi so'nggi uy uchrashuvidir.
Voha derbisi bilan bir qatorda Muborakda katta bayram tantanalari ham bo'lib o'tadi. 13:30 dan boshlab stadionda koncert dasturi boshlansa, qolgani tadbirlarga ulanib ketadi. Yurtimizning barcha go'shalaridan "Mashal" uchun mehnati singan mehmonlar , OAVlari taklif etilgan.
Demak 2 noyabr kuni "Mashal" tadbiriga barcha muxlislarni taklif etamiz.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar