"Mashal" o'smirlari xalqaro turnir g'olibi bo'ldi (FOTO)

25 mar 2015, 15:30
Yangiyerda futbol bo'yicha 2001-2002 yil tug'ilgan o'smirlari o'rtasida xalqaro turnir yakunlandi.
"Mashal" o'smirlari bu turnirda ikki jamoa bilan ishtirok etdi. 2001-yilda tug'ilgan Jonibek Egamberiev jamoasi turnirning final qismigacha yetib keldi. Kecha final o'yinida Qozog'istonning "Chimkent" o'smirlari bilan maydonga chiqqan futbolchilarimiz ishonchli g'alabaga erishdi. 2:0 hisobida yakunlangan o'yindan so'ng chempionlikni qo'lga kiritgan futbolchilarimiz tashkilotchilar tomonida taqdirlandi.


Xalqaro turnir. Yangier
2001-2002-yil. 25.03.2015

Final.
"Mashal-2001" - "Chimkent" 2:0
Gollar:
Shahboz Nuriddinov 11, Hakimbek Boboqulov 25.

"Mashal-2001": Ahror Turdiev, Abror Hamroev, Jafar Karimov, Zoir Tursunov, Islombek Aslbekov, Jonibek G'offorov, Bekzod Fayziev, Shahboz Nuriddinov, Abdug'ani Karimov, Diyorbek Ahadov,  Hakimbek Boboqulov.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Sirojiddin Safarov, Feruz Pirimov, Eldor Xasanov, Nodir To'raev, Akbar Hamdamov, Sirojiddin Choriev, Islombek Shodiboev, Nurali Po'latov, Ruslan Xojiev.








Manba: fcmashal.uz