So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Mashal" nimchorak finalda, "Mashal-2" kubokni tark etdi Yangiliklar

"Mashal" nimchorak finalda, "Mashal-2" kubokni tark etdi

Kecha O'zbekiston kubogi doirasidagi 1/16 bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi.
Muborakda "Mashal-2" "Andijon"ni qabul qildi.

O'yinning 37 daqiqasida himoyachimiz Bobur Abdullaev maydondan chetlashtirildi. Belgilanngan penaltini esa Olimjonov bartaraf etishga erishdi. SHunga qaramay ikkinchi bo'limni 10 kishi bo'lib davom ettirgan birinchilik vakillarimiz xatolardan so'ng 58 daqiqada gol o'tkazib yubordi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi va "Mashal-2" O'zbekiston kubogini shu erda to'xtatdi.

O'zbekiston kubogi . 1/16 final
 
Mashal-2 (Muborak) – Andijon (Andijon) – 0:1. 185 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent) – 8,2, N. Ro'zimov (Toshkent) – 7,7, D. Saylalov (Toshkent) – 7,7, K. Rasulov (Qarshi) - 8
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gol: A. Abduqodirov (58).
38- minutda L. Soliev (Andijon) penalti amalga oshira olmadi.
Ogohlantirish: D. Usmonov (Andijon, 87).
CHetlashtirishlar: B. Abdullaev (37) – F. Bekmurodov (65).

"Mashal": 30. Husan Olimjonov, 3. Konstantin Boev, 6. Ahror Inoyatov, 7. SHamsidin Sagdullaev, 8. Jafar Ismoilov, 11. SHokir Yuldashev, 17. Zuxritdin Kamolov, 19. Munimirmuhsin Yusupov, 20. Bobur Abdullaev, 24. Muhiddin Yusupov, 26. Timur Yumangulov
Zaxira: 77. Davron Rahimjonov, 4. Mirjalol Qosimov, 5. SHohjahon Qilichev, 9. Sardor Sulaymonov, 10. Alibek Raxmatullaev, 14. Aziz Fayziev, 18. Oybek Juraev

"Andijon": 1. Eldor Isaboev, 7. Asqar Jadigerov, 8. SHukur Jumaboev, 9. Lochin Soliev, 14. Abdulatif Abduqodirov, 19. Doniyor Usmonov, 25. Farrux Mirzaev, 33. Umrillo Ramozonov, 45. Artur Mamatkazin, 67. Farhod Bekmurotov, 90. Akbar Xodjaev


Ikkinchi o'yin Samarqandda asosiy tarkib jamoamiz birinchilik vakili "SHerdor"ga qarshi o'tkazdi.

O'yinning birinchi bo'limida ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgan vakillarimiz aniq zarba yo'llay olmadi. 60 daqiqada Dostonov maydondan chetlashtirildi. Ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida uzoq masofadan Humoyun Murtozaev hisobni ochdi. Ikki daqiqada so'ng Sirojiddin Allaev hisobni oshirdi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi.

"Mashal" O'zbekiston kubogining nimchorak finaliga yo'l oldi. Bu bosqichni jamoamiz 3 iyun kuni Muborakda "Cementchi"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

O'zbekiston kubogi . 1/16 final

SHerdor (Samarqand) – Mashal (Muborak) – 0:2. 1312 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro) – 8,8, B. Kodirov (Buxoro) – 8,7, A. Kuldashev (Buxoro) – 8,7, SH. Qayumov (Jizzax) - 9
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
Gollar: X. Murtozaev (85), S. Allaev (88).
Ogohlantirishlar: B. Abdurashidov (33), D. Nosirov (45+2), M. Lokaev (68), A. Abdurafikov (87) – D. Abduraxmonov (36).
CHetlashtirish: SH. Dostonov (Mashal, 59).

"SHerdor": SHuhrat Murodov, Ozod Tursunov (c), Mirjalol Laqaev, Dilshod Isaqulov, Sanjar Akramov, Temur Dadashev, Giorgey Adamyan, Dilshod Nosirov, Abulfayz Musaev, Berdiyor Abdurasulov, Azam Abdurafiqov.

"Mashal": 35.Javohir Ilyosov, 4.Iqbol Boboxonov, 22.Sirojiddin Hamroev (c), 3.Sirojiddin Allaev, 24.Sirojiddin Rahmatullaev, 16.Xolmurod Xolmurodov, 21.Tursunmurod Hamdamov (88.Qahramon Bahodirov 73), 77.Doston Abdurahmonov, 8.Abbos Omonov (9.Humoyun Murtozaev  65), 70.SHohruh Dostonov, 25.Ixtiyor Toshpo'latov (79.Nodir Davlatov 80).
Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov,  27.Vladislav Ivanov, 18.Abbos SHodmonov, 34.Temur Masharipov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика