So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Mashal" mavsumiy chipta narxlarini belgiladi Yangiliklar

"Mashal" mavsumiy chipta narxlarini belgiladi

"Mashal" yaqinlashib kelayotgan mavsumda muxlislarga futbol bayramlarini tuxfa etishni boshlaydi.
Yana ikki haftadan so'ng  24-O'zbekiston milliy chempionati bahslari start oladi. Bu mavsum klublar soni 16 taga etgan va har bir jamoa o'z maydonida 15 tadan uchrashuvni qabul qiladi. Muborakdagi bahslarda jamoamizni stadionda qo'llab-quvvatlash uchun muxlislar fan-klubi tashkil etilgan. Undan tashqari klubga befarq bo'lmagan muxlislar uchun yillik mavsumiy chiptalar ham sotuvga qo'yildi. Bu yilda yillik mavsumiy chiptalar 75 ming so'mdan etib belgilangan bo'lsa,  uchrashuvga kirishni istagan muxlislar har bir o'yinga alohida chiptalarni ham sotib olishi mumkin. Har bir o'yinga chiqarilgan chipta  5 ming so'mdan bo'lib, 18 yoshga to'lmagan barcha muxlislar uchun 1000 so'mdan bo'ladi.

Har bir o'yinda muxlislar uchun bahs oldidan koncert dasturlari, o'yinlarning tanaffus qismida muxlislar uchun "Omadli muxlis" loyixasi tashkil etiladi. Bilet egalari ushbu loyixa ishtirokchilasiga aylanib boradi va qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ladi. Stadionimiz mehmonlari esa O'zbekiston chempionatining eng shiddatli bahslari bilan birga, "Nasaf" va "SHo'rtan"ga qarshi voha derbisi, O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ga qarshi o'yin, kubok sohibi "Lokomotiv" va  bir necha sobiq futbolchilarimiz bilan tarkibini to'ldirgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlarni ham bevosita stadionda guvohi bo'lasiz. Futbol muxlislar uchun va "Mashal" muxlislar uchun o'ynaydi. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz esa jamoaga eng muhimidir.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" birinchi turni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi. Ikkinchi tur bahsi 20 mart kuni Muborakda "Andijon"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика