"Mashal" ko'rikdagi moldovalik legioneriga ham javob berdi
31 jan 2015 10:15
Yangiliklar

"Mashal" ko'rikdagi moldovalik legioneriga ham javob berdi
"Mashal" kecha Toshkentda "SHo'rtan"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.
Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng jamoada ko'rikda bo'lib turgan moldovalik Vasiliy Soltan ham jamoani tark etdi. Xorijlik futbolchining harakatlari Aleksandr Xomyakovda ijobiy taassurot qoldirmadi va futbolchiga javob berildi.
Ayni vaqtga kelib esa "Mashal"da ikkita legioner ko'rikda qoldi. Bular rossiyalik Vladislav Ivanov va belaruslik Nikita Bukatkindir. Har ikki futbolchi ham nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi va murabbiylarga ijobiy jihatlarini ko'rsata olsa jamoada qoladi.

Fikrlar