“Mashal” ko'rigiga ukrainalik ikki futbolchi kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2018, 08:21
5 yanvardan Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotini davom ettirayotgan Muborakning “Mashal” jamoasi safida bir nechta yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda.

Xususan, Akram Bahriddinov, Muhsin Ubaydullaev singari futbolchilar bilan allaqachon shartnoma imzolangan bo'lsa, Sanjar Zokirov, Furqat Xasanboev kabi o'yinchilar hozircha ko'rikda bo'lib turishibdi.

Bundan tashqari, kuni kecha jamoa safiga ikki nafar ukrainalik  legioner kelib qo'shildi. Ularning biri hujumchi, biri esa himoyachi. Quyida legionerlar haqida qisqacha ma'lumotni keltirib o'tamiz.


Oleg Vasilevich Barannik, hujumchi.
1992 yil, 20 martda tug'ilgan.
Bo'yi – 178 sm, vazni – 68 kg.
Fuqaroligi: Ukraina
Oxirgi o'ynagan jamoasi: "Poltava" (Ukraina) oliy ligasi
O'tgan mavsum “Poltava ” safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Bashlay, Dmitriy Aleksandrovich, himoyachi.
1990 yil, 25 aprelda tug'ilgan.
Bo'yi – 190 sm, vazni – 76 kg.
Fuqaroligi: Ukraina
Oxirgi o'ynagan jamoasi:  "Dnepr" (Belorussiya) oliy ligasi
O'tgan mavsum 22 o'yinda ishtirok etib, 1ta gol urgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz