"Mashal" klubining rasmiy sayti faoliyati haqida
05 fev 2014 14:29
Yangiliklar


"Mashal" klubining rasmiy sayti faoliyati haqida
Bir narsani qayd etib o'tishim lozim, jamoa 2012 yil yakunlariga ko'ra birinchi ligaga ravona bo'lganiga qaramay, uning saytida bironta o'zgarishni ko'rmadik. Andijon klubiga solishtirganda klub matbuoti birinchi ligani ham maromida yoritib bordi. O'yinlardan fotosuratlar va xabarlar huddi oliy liganikidek berib borilaverdi. Bu yo'lda Xayrulla Xoliqovni biroz maqtab qo'yamiz. Ekipirovka masalasi Mashalda ham muammo. Jamoa asosiy va yoshlar tarkibi, qolaversa akademiya azolarini ust bosh kiyintiradi-yu, oddiy matbuot kotibiga kelganida… Ha, mayli. Ajab emas mana shu blog postlarimdan keyin oliy liga jamoalari matbuot kotiblarini kiyintirib qo'yishsa. Fursatdan foydalanib stadion.uz' va championat.asia' saytlariga minnaddorchilik bildiraman. Ular har bir postimni o'z saytlariga joylashtirishyapti.
Mashal sayti juda ham sodda. Biroz eskirgan desak ham bo'laveradi. Adashmasam sayt 4 yil avval shu ko'rinishdagi faoliyatini boshlagan. Bugungi kun veb bozoridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, klublar bitta dizayndan uzog'i bilan 3 yil davomida foydalanadilar. Bu avvalo rahbariyat tomonidan qabul qilinadigan qaror. Mazkur sayt Bahrom Davlatov paytida yaratilgan. Aslini olganda Davlatov paytida Mashal o'zining oltin davrini o'tkazgan. Klubning yangi menejeri Ilhom Qurbonov ham biroz zamonga monand ish qilishi kerak deb o'ylaymiz. CHunki Mashalni o'smirlar terma jamoasida tutgan o'rni katta. Tabiiyki bunday paytda Mashal futbolchilari bilan qiziqayotgan xorijlik mutaxassis avvalo klubning saytiga kiradi. Bu borada Paxtakor va Mashal jamoalari jiddiy bosh qotirishlari lozim. CHunki xorijlik skautlar asosan mana shu ikki klub saytiga tashrif buyurishlarini bashorat qilishimiz mumkin.
fcmashal.uz 8ta menyudan iborat:
“Mashal” saytidagi barcha menyular to'lik qo'rinishda. Sodda bo'lsada, to'liq. Bu yaxshi. Agar klub shu kunlarda o'z saytini yanada takomillashtirish istagini bildirsa nur ustiga, alo nur bo'lar edi.
Bizni quvontirgan narsa shu bo'ldiki, “Buxoro”ga oid tahlilimizdan keyin jamoa mutasaddilari sayt yaratish borasida ilk qadamlarini tashlab yubordilar. Buning uchun ularga buxorolik muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Maslahat: Saytni mobil ko'rinishdagi sahifasini yaratish. SHu bilan birga saytni to'liq yangilash.
Sayt: fcmashal.uz
Matbuot kotiblari: Xayrulla Xoliqov
Baho: Dizaynga 10dan 5. Ishlash jarayoniga 7.

Fikrlar