So’nggi yangiliklar

13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  4 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  2 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  9 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  18 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  16 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5

"Mashal": Kichik derbida yirik g'alaba Yangiliklar

"Mashal": Kichik derbida yirik g'alaba

Bugun Oliy liganing 9-turi oldidan yoshlarimiz "SHo'rtan"ga qarshi maydonga chiqdi. Bu bahsda Baxtiyor Sattarov shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 7 daqiqasidayoq Humoyun Murtozaev ikki himoyachini ortda qoldirgan holda darvozani ishg'ol etishni uddaladi. SHundan so'ng tashabbusni vakillarimiz qo'lga oldi. Buning natijasida Firdavs Asadov 35 daqiqada ikkinchi golga mualliflik qilib hisobni oshirdi. Bo'lim yakunlanishiga ozgina qolganda qanotdan uzatib berilgan to'pni Murtozaev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi va yakuniy hisobni taminladi.

Ikkinchi bo'limda tashkil etilgan hujumlar samarasiz yakunlandi. 70 daqiqada futbolchimiz Jonibek Mirzaqulov maydondan chetlashtirildi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi.

Ushbu g'alabadan so'ng yoshlarimiz ochkolari 10 taga etdi va turnir jadvalida 9-pog'onada bormoqda.
Endi Sattarov shogirdlari navbatdagi turni 27 may kuni safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi.

Yoshlar ligasi, 9-tur
Mashal (Muborak) – SHo'rtan (G'uzor) 3:0
Hakam:
D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent)
Gollar: Humoyun Murtazoev 7, - 1:0. Firdavs Asadov 35, - 2:0. Humoyun Murtazoev 45, - 3:0.
CHetlatish: Jonibek Mirzaqulov (70)

"Mashal": Javohir Ilyosov, SHohjahon Qilichev, Tursunmurod Hamdamov, Humoyun Murtazoev, Bekzod Tursunov, Sardor Abduraimov, Firdavs Asadov, Aliqulov, Bobur Iskandarov, Mirzaqulov, Sirojiddin Rahmatullaev
Zaxira: SHoxrux Eshbo'taev, Temur Mamatov, Bakir Murtazoev, Ixtiyor Toshpo'latov, Jasur Halimov, Iskandar SHodmonov, SHoxrux Dostonov

"SHo'rtan": Jahongir Karimov, Mirmuhsin Sattorov, Yo'lchi Fayzullaev, Nurali Padarov, Yusuf Bo'riev, Xolmurod Xolmurodov, SHaxzodbek Xursunov, Jasur Xolto'raev, G'ulom Rahmonov, Elyor Tog'aev, Akrom Bahromov.
Zaxira: Farrux Turdaliev, Islom SHodmonov, Ilhom Abdiev, Kamrobek Husanjonov, Temur Komiljonov, Elyor Intizomov, Rustam Haydarov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика