“Mashal” yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirni qachon o'tkazadi?
17 noy 2013 16:00
Yangiliklar

“Mashal” yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirni qachon o'tkazadi?
Joriy mavsum yakunlariga ko'ra, birinchi ligada ikkinchi o'rinni egallab, oliy ligaga qaytgan “Andijon” o'z maydonida shou uchrashuv tashkil qildi va o'ziga xos tadbir o'tkazdi.
SHuningdek, uchinchi o'rinni olgan “Qo'qon-1912” ham mavsum yakunlariga bag'ishlab tadbir o'tkazdi. Ammo birinchi o'rin sohibi “Mashal”dan hozircha bu borada sado chiqqani yo'q. Xo'sh, “Mashal” yil yakunlariga bag'ishlangan bayram kechasini qachon o'tkazadi? Bu savolga javob olish maqsadida klub bosh direktori Ilhom Qurbonovga murojaat qildik.
“Albatta, biz ham tadbir o'tkazishni mo'ljallayapmiz. Hozircha kuni rasman malum emas-u, lekin 26 dekabr kuni o'tkazmoqchimiz. Rejamizdan tadbirni Muborakda o'tkazish o'rin olgan. Bunda O'zPFL rahbariyatini, viloyat futbol federaciyasi vakillari hamda Muborak shahar hokimligidan rasmiy shaxslarni taklif etmoqchimiz” – deydi Ilhom Qurbonov.

Fikrlar