“Mashal” yig'inida turkmanistonlik futbolchilar
15 dek 2013 12:02
Yangiliklar

“Mashal” yig'inida turkmanistonlik futbolchilar
Muborakliklar ayni paytda yig'inni Yangierda olib borishmoqda.
Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan suniy qoplamali stadionda o'tkazilmoqda.
Tarkibda yangi futbolchilar bor. Mo'ydin Mamazulumov, Nizom Norovdan so'ng “SHo'rtan”dan ikki nafar futbolchi kelib qo'shildi. Bular – Abbos Omonov bilan Humoyun Murtazoev.
Bundan tashqari og'ir jarohat tufayli bu yilgi mavsumda “Mashal”ga yordam bera olmagan Gabit Sapargaliev ham jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi.
SHuningdek “gazchilar” lagerida yaqinda turkmanistonlik legionerlar paydo bo'ldi. Ammo hozircha ular ko'rikdan o'tayotgani uchun, nomlar oshkor etilmayapti. SHunisi malumki, ular “Mashal” safiga qo'shilganiga 2-3 kun bo'ldi.
Legionerlarning taqdiri aynan ushbu yig'in davomida aniq bo'ladi.
Darvoqe, yaqinda “Astana”da yuz bergan kutilmagan istefodan so'ng Marat Miftaxuddinov ham O'zbekistonga qaytib kelgan. Yordamchi murabbiyning yana “Mashal”da ishlashi kutilmoqda.

Fikrlar