"Mashal" ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
20 mar 2015 18:20
Yangiliklar


"Mashal" ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Andijon" o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomidagi stadiondan Narzulla Saydullaev va Islombek Rustambekov o'yinni yoritib bordi. Foto muallifi Tolibjon Qosimov.
90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Mashal" ikkinchi turda ham 2:0 hisobida zafar quchdi.
90+2. G'iyos Komilov raqibning yana bir hujumini qaytardi.
90+1. Abdulatif Abduqodirov raqib jarima maydoniga kirib bordi va to'pni to'xtata olmadi
90. O'yinning asosiy vaqtida 3 daqiqa qo'shib berildi
88. Humoyun Murtazoev ikki nafar raqibni aldab jarima maydoniga kirib bordi, zarba berishga kelganida...o'xshamadi.
86. Muxlislar "Mashal"ni olg'a boshlashmoqda, 2:0 ularga kamlik qilmoqda
83. "Andijon" burchak to'piga ega bo'ldi. Abdullaevning zarbasi darvozaga etib borgani yo'q.
79. O'zgarish. "Mashal". Mikita Bukatkin o'rniga Iqbol Boboxonov tushdi
78. Ravshan Ermatovga ortiqcha etirozlar yo'q.
77. O'zgarish. "Mashal". Jamshid Hasanov o'rniga Humoyun Murtazoev tushdi
76. XAVFLI VAZIYAT! Qarshi hujumda Ivanov to'pni Zafar To'raevga oshirdi, To'raevning zarbasidan so'ng Moshnyaga to'pni qaytardi!
74. "Burgutlar"ning yana bir hujumi, Abdumalik Abdullaev o'yindan o'yindan tashqari holatda
71. "Andijon"ning xavfli hujumi...Botir Nosirov uzatilgan to'pni qaytardi, shu bilan birga o'z himoyachisi G'iyos Komilovni yiqitdi
69. Ogohlantirish. "Andijon". Farrux SHotursunov
68. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Jamshid Hasanov chap qanotdan qochib ketdi... shunday bo'ldiki Hasanov chapdan Qo'ziboev markazdan oldinga o'tdi, raqib himoyachilari qolmagandi... Darvozbon bilan ikki futbolchi birga bir vaziyatga chiqib bordi...Jamshidning to'p uzatishidan so'ng Qo'ziboev zarba berishni cho'zib yubordi va qulay imkoniyat boy berildi.
65. O'zgarish. "Mashal". Abbos Omonov o'rniga Doston Abdurahmonov tushdi
64. O'zgarish. "Andijon". Rustam Azamov o'rniga Asqar Jadigerov tushdi
62. Ikkinchi bo'limda ustunlik "Andijon" tomonida. Ular ko'proq hujum qilishmoqda.
61. Rustam Azamovning qo'li shikastlandi, unga shifokorlar yordam berishdi
60. Vladislav Ivanov ikkinchi o'yinda ikkinchi golini urdi.
59. Qarshi hujum... Jamshid Hasanov to'p uzatishda biroz noaniqlikka yo'l qo'ydi, shu bois qarshi hujum uzilib qoldi.
58. Vuyovich o'ng qanotdagi sherigi Abduqodirovga to'p uzatdi, noaniq
57. Jamshid Hasanovning hisobni ochgan vaziyati
56. O'zgarish. "Andijon". SHukur Jumaboev o'rniga Abdulatif Abduqodirov tushdi
53. ZARBAAAAAA! Jamshid Hasanov chap qanotdan to'pni darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!
51. Hozircha hech bir tomon xavfli hujum tashkil qilgani yo'q. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.
48. Bo'limni mehmonlar hujumkor boshlashdi. Ketma ket ikkita burchak to'pi naf keltirmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha "Mashal" 2:0 hisobida oldinda
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. To'raev to'pni Bukatkinga tashladi, Mikitaning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
42. Taym oxirida "Mashal" jarima to'pi ishlab oldi. G'iyos Komilovning kuchli zarbasini Moshnyaga ajoyib harakat bilan qatardi! Qoyil Gennadiy
40. Moshnyaga to'pni o'yinga kiritishda Javlon Guseynovning yordamidan foydalandi.
38. "Andijon" qarshi hujumlarda o'ynamoqda. SHotursunov ancha faol
34. Takidlash lozimki, Zohir Qo'ziboev o'tgan turda hujumchi ortida o'ynagandi. Bugun u sof hujumchi. Ivanov asosan o'ngda, Hasanov chapda hujumchi o'rnida o'ynamoqda
32. "Andijon" burchak to'pi tepdi. G'afforovning zarbasi noaniq chiqdi.
28. Hasanov-Qo'ziboev-To'raev kombinaciyasidan so'ng Zafar zarba berdi, kuchsiz va noaniq zarba
25. Aleksandr Xomyakov deyarli har bir hujumdan so'ng o'z jamoasi futbolchilariga ko'rsatma bermoqda. Edgar Gess esa hozirga qadar asosan o'tirgan joyidan ko'rsatma bermoqda.
24. "Andijon" jarima to'piga ega bo'ldi. G'afforovning oshirib bergan to'pini Guseynov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!
22. "Mashal" juda hujumkor o'yin namoyish etmoqda. Ivanovda texnika, To'raevda tezlik borligi ko'rinmoqda
21. O'zgarish. "Andijon". Rasul Rahmonov o'rniga Abdumalik Abdullaev tushdi
19. Rustam Azamov faol o'ynadi, lekin yakuniy zarba bo'lmadi. Himoyachilar bir amallab hujumni qaytarishdi.
16. Mehmonlarning hujumini G'iyos Komilov noaniq zarba bilan tugatdi.
15. Rasul Rahmonov maydon markazida yiqitildi, unga shifokorlar yordam berishdi. Barchasi joyida sardor maydonga qaytdi.
13. Burchak to'pidan so'ng bosh bilan yo'llangan zarbani Moshnyaga va himoyachi qaytardi, qaytgan to'pni Ivanov darvozaga joylab qo'ydi - 2:0.
13. GOOOOOOOOOOOL! Vladislav Ivanov! 2:0
11. Jamshid Hasanovga nisbatan qoida buzildi. Jarima to'pi noaniq bajarildi.
9. ZARBAAAA! Gattuzodan kuchli lekin noaniq zarba...Gap Zafar To'raev haqida ketayotganini barcha anglab bo'ldi deb umid qilamiz
7. Xavfli vaziyat! Sayriddin G'afforovning jarimadan oshirgan to'pi zarbaga aylanib ketdi. Nosirov to'pni qaytara olmasdi, noaniq...
5. GOOOOOOOOOOOOL! Ivanov jarima maydoni yonida to'pni chap qanotdan ochilib borayotgan Jamshid Hasanovga uzatdi, Jamshid darvozani ishg'ol qildi - 1:0.
4. SHukur Jumaboev chap qanotdan reyd tashkil qildi. Ammo so'nggi to'p uzatish xato chiqdi. Javob hujumida Ivanov o'ng qanotdan to'pni Qo'ziboevga uzatdi, noaniq.
2. "Mashal" jarima to'pi ishlab oldi. Jiyamurodovning chap qanotdan uzatgan to'pini G'iyos Komilov boshi bilan darvozaga yo'lladi, himoyachilar to'pni qaytarishdi.
1. O'YIN BOSHLANDI. Uchrashuvni mezbonlar ko'k, mehmonlar oq rangli formada o'tkazishadi.
- Zohir Qo'ziboev va Rasul Rahmonov madhiyamiz sadolari ostida davlatimiz bayrog'ini ko'tarishdi.
- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi. "Mashal" klubi prezidenti SHermat SHamsiev yangi mavsum oldidan nutq so'zladi.
- Bugun ushbu stadionda oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomidagi stadiondan reportajimizni boshlaymiz.
- Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.
MASH'AL – ANDIJON 2:0 LIVE
20 mart 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Gollar: Jamshid Hasanov 5, - 1:0 (Vladislav Ivanov). Vladislav Ivanov 13, - 2:0.
Mashal: 30.Botir Nosirov, 5.G'iyosjon Komilov, 7.Jahongir Jiyamurodov, 8.Abbos Amonov (77.Doston Abdurahmonov, 65), 10.Jamshid Hasanov, 20.SHerzod Fayziev, 26.Zohir Qo'ziboev (S), 27.Vladislav Ivanov, 55.Mikita Bukatkin, 88.Qahramon Bahodirov, 90.Zafar To'raev.
Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov, 4.Iqbol Boboxonov, 9.Humoyun Murtazoev, 16.Xolmurod Xolmurodov, 21.Tursunmurod Hamdamov, 70.SHoxruh Dostonov.
Andijon: 12.Gennadiy Moshnyaga, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov, 8.SHukur Jumaboev, 10. Predrag Vuyovich, 18.Rustam Azamov (14.Abdulatif Abduqodirov, 64), 20.Sayriddin Gafforov, 21.Javlon Guseynov, 28.Rasul Rahmonov (11.Abdumalik Abdullaev, 21), 33.Umrullo Ramazonov, 70.Farrux SHotursunov.
Zaxira: 34.Lochinbek Dolimov, 7.Asqar Jadigerov, 19.Doniyor Usmonov, 22.Iqbol Akramov, 90.Akbar Xodjaev.

Fikrlar