"Mashal" ikki legioner bilan shartnoma imzoladi
14 fev 2015 16:13
Yangiliklar

"Mashal" ikki legioner bilan shartnoma imzoladi
Bugun "Mashal" PFL kubogining chorak final bahsini o'tkazdi.
Ushbu bahsdan so'ng jamoamizda ko'rikda bo'lib turgan ikki legioner bilan bir yillik shartnomalar imzolandi. Kelayotgan mavsumda jamoamiz sharafini endi rossiyalik hujumchi Vladislav Ivanov va belarusiyalik yarim himoyachi Nikita Bukatkin ham himoya qiladi. Har ikki futbolchining ham harakatlari Aleksandr Xomyakovga maqul keldi va jamoada olib qolishni joiz deb topdi.
Vladislav Ivanov Estoniyada tavallud topgan va ayni vaqtda Rossiya fuqarosi hisoblandi. 29 yoshli hujumchi faoliyati davomida Rossiya ( "Himik", "Luch", "Torpedo" ), SHveciya ("Ilioupoli", "Asteras" ), Estoniya ("Trans", "Levadia" ) klublarida harakat qilgan.
Faoliyati davomida 107 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol kiritishga erishgan. 2014 yilda Estoniyaning "Levadia" klubi sharafini himoya qildi va 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol kiritdi. 2012 yil Estoniya chempionatida 23 ta to'p kiritib chempionat to'purariga aylangan.
1988 yilda tavallud topgan yarim himoyachi, Nikita Bukatkin Belarusiya fuqarosi hisoblanadi. Faoliyatini Belarusiya chempionatida olib borgan. SHu vaqtga qadar "Naftan" (2010-2013), "Minsk" (2013), "Belshina" (2014) klublarida harakat qilgan.
Belarusiya o'smirlar, yoshlar, Olimpiya terma jamoalarida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Fikrlar