So’nggi yangiliklar

10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  0 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  5 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  3 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  25 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  24 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  141

"Mashal": G'alaba boy berildi Yangiliklar

"Mashal": G'alaba boy berildi

Teglar :  MashalQizilqum
Bugun Navoiyda Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "gazchilar" g'alabani qo'ldan boy berdi. Uchrashuvning 7 daqiqasida Mirzohid G'ofurovning burchakdan etkazib bergan pasidan so'ng Erkinov to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi va hisobni ochdi. Ko'p o'tmay Jamshid Xasanov yana birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Birinchi bo'limda yana ko'plab vaziyatlar tashkil etilgan bo'lsa ham jamoalar bu imkoniyatdan foydalana olmadi.
 
Ikkinchi bo'limni maydon egalari hujumkor boshladi. Buning natijasida 50 daqiqada vakillarimiz tezkor qarshi hujum tashkil etdi va SHodmonovni pasidan so'ng yana bir bor Erkinov o'zini ko'rsatdi. 65 daqiqa Rustamov qulay vaziyatda darvozani ishg'ol etdi va hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o'tib Ravshan Ermatov darvozamiz tomon penalti belgiladi va bundan Yunusov unumli foydalandi. O'yin yakunlanishi arafasida yana bir bor Ermatov 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi va yana Yunusov penaltini aniq amalga oshirib jamoasining g'alabasini taminladi.

O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi va jamoamiz mavsumdagi dastlabki o'yinini mag'lubiyat bilan boshladi.

Endi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 11 mart kuni o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.

Oliy liga, 1-tur
Navoiy, "Yoshlar" stadioni

Qizilqum (Navoiy) – Mashal (Muborak) 3:2

5 mart 2016. Navoiy. "Yoshlar” sport majmuasi". 17:00
Hakamlar:
  R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi:  A. Arutyunov (Toshkent).

Gol: SHahboz Erkinov 8, - 0:1 (Mirzohid G'ofurov). SHahboz Erkinov 50, - 0:2 (Abbos SHodmonov). Akmal Rustamov 65, - 1:2. Ilhom Yunusov 69 penalti, - 2:2 (Akmal Rustamov). Ilhom Yunusov 89 penalti, - 3:2

Qizilqum: 1.Erkin Jabborov, 5.Georgiy Kvesieshvili, 8.Akmal Rustamov (C), 10.Bahriddin Vahobov, 18.Samandar SHodmonov, 20.Vyacheslav SHevchenko, 23.SHerali Jo'raev, 25.Azizbek Usmonov (14.Fayzulla Qambarov, 77), 27.Ilhom Yunusov, 33.Andrey Derkach (17.Otabek Narzullaev, 56), 99.Alisher Yusupov (7.Sarvarjon Xolmatov, 46).
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 9.G'ayrat Jumaev, 91.Elyor Akbarov, 98.Bekzod G'anijonov.

Mashal: 30.Botir Nosirov, 5.G'iyosjon Komilov, 55.Avaz Agaliev, 2.Iskandar SHayqulov, 18.Abbos SHodmonov, 19.Mirzohid G'ofurov, 27.G'ulom Haydar G'ulomov, 13.SHahzod SHaymanov, 90.Zafar To'raev (7.Zohir Qo'ziboev, 60), 20.SHahboz Erkinov (9.Humoyun Murtozaev, 74), 10.Jamshid Hasanov (25.Ixtiyor Toshpo'latov, 70).
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 6.Sardor Abduraimov, 29.Dilyaver Abibullaev, 24.Sirojiddin Rahmatullaev.

Ogohlantirishlar:
Zafar To'raev 21, Akmal Rustamov 44, Zohir Qo'ziboev 66, SHahzod SHaymanov 71,

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика