So’nggi yangiliklar

18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  12 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  4 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  4 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  10 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5

"Mashal" futbolchilari hakamlarga minnatdorchilik bildiradi! Yangiliklar

"Mashal" futbolchilari hakamlarga minnatdorchilik bildiradi!

"Mashal" Oliy liganing 3-turini Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'tkazdi.
1:0 hisobida maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlangan bahsdan so'ng "Mashal" futbolchilari bahsning hakamlariga minnatdorchilik bildirishni joiz deb topdi.

Ayni kungacha Oliy liganing uchta turi yakunlandi va bu o'yinlarni barchasida hakamlar o'yinni adolatli boshqardi. "Mashal" darvozasiga belgilangan barcha jarima zarbalari va futbolchilarimizga ko'rsatilgan ogohlantirishlarga jamoa futbolchilarini hech qanday etirozi yo'q. Yuqori darajada hakamlik klublar o'yiniga chiroy bag'ishlaydi.  SHu jumladan Vladislav Ceytlin, Ravshan Ermatov, Baxtiyor Nomozov "Mashal" ishtirokidagi ortda qolgan turlarni alo darajada boshqarib bordi. Bu hakamlarining futbolchilarimizga ko'rsatgan barcha ogohlantishlari aniq vaziyatlar uchun ko'rsatildi. Darvozamiz tomon belgilangan jarima zarbalari va golni haqqoniy baholaymiz.



SHu bois "Mashal" klubi futbolchilari ushbu hakamlarga minnatdorchilik bildiradi va shu orqali hakamlar qo'mitasiga ham o'z minnatdorchiligini bildirgan holda, hakamlarimizning xalqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib eng adolatli hakamlar bo'lishini tilaymiz. Adolat bor joyda hamisha rivojlanish bo'ladi. O'ylaymizni bundan keyin ham hakamlarimiz mana shunday adolatli bahslarni davom ettiradi. 



Bu haqida futbolchilarimiz ham o'z fikrlarini bildirib o'tadi.

Botir Nosirov (jamoa darvozaboni): "Bu yil hakamlik juda ham alo darajada bo'lmoqda. Hech qanday etiroz bildirib bo'lmaydi. Bizning foydamizga emas, aynan biz tomonga belgilangan barcha jarima zarbalari va boshqa holatlarni futbolchilarimiz adolatli deb baholaydi. Futbolchilarimiz nomidan hakamlarni mana shunday adolatli o'yiniga minnatdorchilik bildiramiz".

Vladislav Ivanov (legioner, hujumchi): "Ochig'i O'zbekistonda hakamlik borasida hech qanday yon bosish yoki mehmon, mezbon degan tushunchani ko'rmadim. Hakamlik juda ham yuqori darajada bo'lib o'tmoqda. Albatta bu o'yinning chiroyiga yanada munosib bo'ladi".

Jahongir Jiyamurodov (jamoa etakchisi): "Yaqin yillarda bunday yuqori darajadagi hakamlikni hali ko'rmagan edim. "Metallurg" bilan mag'lubiyatdan so'ng buni aytish kerak. G'alabadan so'ng aytilgan bu fikr g'alati bo'lishi tabiiydir. SHu bois biz mag'lub bo'lishimizga qaramay yuqori darajada hakamlikni ko'rsatib bergan Baxtiyor Nomozovga minnatdorchilik bildiramiz. O'z xatomiz tufayli mag'lub bo'ldik"

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика