Mashal FK: Ertaga yangi futbolchilar bilan tanishtiruv marosimini o'tkazamiz
20 mar 2014 20:38
Yangiliklar


Mashal FK: Ertaga yangi futbolchilar bilan tanishtiruv marosimini o'tkazamiz
Oliy ligamizga start berilganidan xabaringiz bor.
1-turni safarda Jizzaxning "So'diyona" klubiga qarshi o'tkazgan jamoamiz 23
mart kuni ilk uy uchrashuvini o'tkazadi. Dastlabki uy uchrashuvi oldidan
jamoamizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan tanishtiruv bo'lib o'tadi.
Unda jamoa bosh direktori Ilhom Qurbonov, bosh murabbiy Aleksandr
Xomyakov, futbolchilar va muxlislar ishtirok etadi. Ushbu tanishtiruv
marosimiga barcha OAV taklif etiladi. Marosim ertaga 11:00 da Bahrom
Vafoev nomli stadionning matbuot anjumanlari zalida bo'lib o'tadi.

Fikrlar