So’nggi yangiliklar

14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  1 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  6 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  2 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  8

"Mashal-BO'FM"ning bugungi faoliyati haqida Yangiliklar

"Mashal-BO'FM"ning bugungi faoliyati haqida

Ayni vaqtda "Mashal" klubi Oliy ligada turnir jadvalini beshinchi pog'onasida bormoqda. Ushbu tarkibda 75 foiz futbolchilar klub akademiyasi tarbiyalanuvchilaridir.
Abbos SHodmonov, Jahongir Abdumo'minov, Qahramon Bahodirov, Ixtiyor Toshpo'latov, Xolmurod Xolmurodov, Eldor SHomurodov, Mirzohid G'ofurov, SHerzod Fayziev, SHahzod SHaymonov, Sanjar Quvvatov, Siroj Hamroev, Iskandar SHayqulov, Jamshid Xasanov, Otabek SHukurov kabi futbolchilar aynan futbolga ilk qadamlarini "Mashal" akademiyasida qo'ygan. Bugungi kunda Oliy liganing futbolchisiga aylanib ulgurgan futbolchilarimizga davomchi sifatida birinchi va yoshlar ligasi jamoasi ham etishib kelmoqda.

Misol uchun ayni vaqt "Mashal"ning yoshlar jamoasi tarkibi 100 foiz klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi va o'z natijasini berib kelmoqda. Turnir jadvalini boshqarib kelayotgan ushbu yoshlarni qo'rmasdan "Mashal"ning kelajagi va zaxirasi deya baholash mumkin.

Undan tashqari klubning qoshida birinchi liga jamoasi ham faoliyat olib borayotgan bo'lib ushbu tarkib ham to'laligicha klubning 1995-1997 yil tarbiyalanuvchilaridan iboratdir. Ushbu jamoaning natijalari ham juda yaxshi borayotganini aytib o'tish kerak. Ayni vaqtda ikkinchi bosqichga yo'l olgan jamoa 16 ta jamoa orasida ettinchi pog'onada bormoqda. Akademiya yoshlaridan tashkil etilgan jamoa uchun bugungi egallab turgan o'rnini juda yuqori baholash mumkin. Tarkibning yoshligi va bir necha kuchli jamoalardan yuqorida turganini o'ziyoq birinchi ligadagi "Mashal-2"ni saviyasini ko'rsatib turibdi.

Qashqadaryo ikkinchi ligasida esa klubing ikki jamoasi ishtirok etmoqda. 1998 va 1999 yilda tug'ilgan yoshlardan iborat jamoasi munosib ishtirok etmoqda va mos ravishda ikki jamoasi ham turnir jadvalining kuchli uchligida bormoqda. Ushbu jamoalar tarkibi ham yoshlar ligasi, birinchi liga kabi to'laligicha klub akademiyasi yoshlaridir.

Oliy liga, yoshlar ligasi, birinchi liga, ikkinchi ligada har bir jamoasi munosib o'rinlarda borayotgan klubning bugungi avlodi qanday tarbiyalanmoqda. Qanday jamoalar faoliyat olib bormoqda. Bu jamoalar murabbiylari haqida aytib o'tishni joiz deb topdik.

Ayni vaqtda klub rahbari Ilhom Qurbonov

~

akademiya direktori Abdurahmon Yumangulov

~

katta murabbiy Baxtiyor Sattorov

~

 

va akademiya murabbiylaridan iborat katta guruh faoliyat olib bormoqda. Akademiyada 1998 yildan boshlab 2006 yilgacha bo'lgan yoshlar o'z guruhlarida talim olmoqda. Har bir guruhda 20 tadan eng munosib futbolchilar saralanib boriladi. Ushbu yilda akademiyani 1998 yilda tug'ilgan yoshlari bitiradi. Ushbu guruhga Otajon Avezov murabbiylik qilmoqda.

 

1998 yil guruhi. Murabbiyi: Otajon Avezov

~

~

 

1999 yil guruhi. Murabbiyi:  Mikola Lapa

 

~

~

 

2000 yil guruhi. Murabbiyi: Umid Bobonazarov

~


2001 yil guruhi. Murabbiyi: Jonibek Egamberdiev

~

 

2002 yil guruhi. Murabbiyi: Ikrem Repatov

 

~

~

 

2003 yil guruhi. Murabbiyi: Umid Bobonazarov

~

 

2004 yil guruhi. Murabbiyi: SHohruh Zoirov

2005-2006 yil guruhi. Murabbiyi: Mamur G'oipov
 

~

 

Darvozabonlar guruhi. Murabbiyi: Aktam Berdiev

~


Ayollar jamoasi. Murabbiyi: SHerzod Andaev

~

 

Akademiyada futbolchi tayyorlab berish ishlari davom etadi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика