"Mashal": Bobur Qosimov va Abdulloh Olimov bilan shartnoma imzolandi
07 jan 2017 12:05
Yangiliklar
"Mashal": Bobur Qosimov va Abdulloh Olimov bilan shartnoma imzolandi
SHu kunlarda ikkinchi yig'inni o'tkazayotgan "Mashal" jamoasi o'z tarkibiga bir qator yangi futbochilarni jalb etgan va ularni ko'rikdan o'tkazmoqda.
"So'g'diyona" jamoasi safida 6 yildan buyon to'p tepib kelayotgan Bobur Qosimov "Mashal"ning bu yilgi ilk xaridlaridan biri bo'ldi. "Mashal" Bobur bilan ikki yillik kelishuvga erishdi. Qosimov jamoaning har ikki yig'inida ishtirok etdi va murabbiylar uni jamoada olib qolishga qaror qilishdi. Bobur endilikda ikki yil mobaynida "gazchilar" sharafini himoya qiladi.
Jamoaning yana bir xaridi bu Abdulloh Olimov bo'ldi. Olimov jamoa safiga "Qo'qon-1912"dan kelib qo'shildi. Abdulloh ham "Mashal" bilan ikki yillik bitim imzoladi. Endilikda u ham yangi mavsumdan boshlab Muborak jamoasi sharafini himoya qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar