"Mashal": Ananaviy Bahrom Vafoev xotira turniri start olmoqda
04 okt 2015 15:35
Yangiliklar


"Mashal": Ananaviy Bahrom Vafoev xotira turniri start olmoqda
SHu oyning 5-10 oktyabr kunlari Bahrom Vafoev sport majmuasi stadionlarida 2002-2003 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi turnir bo'lib o'tadi. Sakkiz jamoa ishtirokidagi musobaqada ikki guruh tashkil etildi.
"A" guruhi
1. "Mashal"
2. "Buxoro"
3. "SHo'rtan"
4. "Kasbi BO'FM"
"B" guruhi
1. "Yangier"
2. "Nasaf"
3. "Binokor" (Qarshi)
4. "CHiroqchi BO'FM"
Har ikki guruhda o'yinlar 6 oktyabrdan start oladi va "A" guruhi peshqadami, "B" guruhining ikkinchi jamoasi bilan va "A" guruhining ikkinchi jamoasi , "B" guruhining etakchisi bilan maydonga chiqadi. Xuddi shunday guruhlarning uchinchi va to'rtinchi jamoalari ham maydonga chiqadi.
Bu turnirda "Mashal" sharafini Ikrem Repatov boshqaruvidagi 2002-2003 yil guruhi himoya qiladi. Turnir natijalari bilan tanishtirib boramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar